TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kandungan
Kandungan siaran
Turizmni rivojlantirish va barqaror madaniy merosni asrashga yo‘naltirilgan davra suhbati bo'yicha ma'lumot. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Jahon banki bilan hamkorlikda barqaror madaniy meros va turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan virtual davra suhbatini o‘tkazdi. Unda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o'rinbosari Ulug‘bek Azamov, Jahon banki vakolatxonasi vakillari hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat vakillari va xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi. Tadbirda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishida turizmning o‘rni va mamlakatning boy madaniy merosini asrashga oid masalalar muhokama qilindi.