TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← SAHNA stand-up | Kanal
SAHNA stand-up | Kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #17

@sahnastandup

SAHNA stand-up | Kanal

Tontonan302Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan27 Sep27/09/2023, 11:57 PTG
Kandungan

Kandungan siaran

Ko‘pchiligimizda ertalab uyg‘onib, ikkinchi qiladigan ishimiz — telefonni tekshirish (kimdadir bu birinchi yoki uchinchi ish bo‘lsa, uzr. Xullas, bitta kemadamiz) Shunday ekan, uyg‘ongach, kunni yaxshi kayfiyatda boshlanglar, deb quyosh chiqmasdan burun bugungi yaxshi yangiliklarni yozib qo‘yay dedim. O‘qib, xursand bo‘ldik degan messej beringlar keyin sizlaram (kelishib ishlayapmiz-ku) Demak, bugun Sahna'da 2 ta juda qizg‘in shoular bo‘ladi: 19:00 da Xay Mayli Stand-up — Bachala bilan birgalikda matvatsaga to‘lib, yangidan-yangi hazillar yozishda davom etyapmiz. Sizlaram tashrif buyurishda davom etinglar! Toza klassik stendap uchun barchasi tayyor! 21:00 da“E’tibor berganmisiz?” — 4 ta komik, sahnani o‘zida, “jonli ijro”da hazillar yozishadi. (Bu boshqacha mazza) Bugun shular. Hey, abedlarda yana bir eslataman. Agar mabodo, mani esimdan chiqib qolsa, sizlaram manga eslatinglar! Kelishib ishlayotganimizdan xursandman) Barchani Sahna stand-up club’da kutib qolamiz! Chiptalar va afisha uchun: @sahnastandup_bot