Kandungan siaran
Barchaga salom! Qachondir shu kanal ham ishga tushishi kerak edi va o‘sha kun keldi! Uzoq mulohazalardan so‘ng kanalni kim yuritishi borasida bir qarorga keldik. Endi qaysi shevada yuritishniyam kelishvolishimiz kerak. Aytgancha, yozayotgan man — Abu Bakr Fozilov. (shu joyidan matnni mani ovozimda o‘qishni boshlaganlaram bor shekilli) Kanalda ortiqcha rasmiyatchilik yo‘q. Bemaloool... Hazil-huzul, yangiliklar, to‘rtta gap-gashtak — shular. Taklif va shikoyatlarni ham shu guruhda tema qilib o‘tiramiz. (Hal qilolmayman lekin) O‘zimizni “community”cha takoy... Darvoqe, uzr so‘rayman, kanal yuritishni yarim kechasi boshlaganim uchun. Zero, o‘ta muhim ishlar yarim kechasi amalga oshiriladi (Ha, shunga o‘xshash arzon, bachkana hazillaram bor. Shunaqa hazil qiladigan jamoalardan taklif bo‘lsa, ko‘rib chiqaman))) Manimcha, hammasini kelishvoldik. Shu atrofda aylanib tursangla, ancha qizg‘in davom etamiz bu yog‘iga! Sal qoldi yana esimdan chiqib qolishiga: Telegramda kanal ochilganini do‘stlargayam aytish esdan chiqmasin, ularniyam taklif qiling! @SahnaStandupClub