TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kandungan
Kandungan siaran
Dunyodagi biror sanʼat turi sof sheʼriyatchalik qadrsiz emas. Chunki u pulga aylanmaydi. Rohat bermaydi. Tasavvur chegarasini buzadi! To‘g‘ridan-to‘g‘ri ruhga hujum qiladi — qayerdan kelding, qayerdasan, qaysi niqobing go‘zal? Savollarga ko‘mib, maishiy turmush changalidan yulib oladi qalbni. Uyog‘i koinot bo‘shlig‘ida vaznsiz suzib yurgan kosmonavt holati... Agar shu — tuyg‘ular to‘lqinida hech yo‘q bir soat qalqib turishga dosh berolsangiz bu sheʼriy kecha siz uchun! Chiptalar: shu yerda