Kandungan siaran
Allohim 2chi bor Onalik baxtini berganiga behisob shukr🥰. 2024-yilda bu baxt berilishi baribir taqdirimga yozilgan ekan va bo'ldi. Chunki biz aprel oyida farzandli bo'lishimiz kerak edi lekin Alloh o'zi berdi va azgina vohtdan keyin o'zi oldi. Boshida judayam siqildim, depressiyaga tushdim. Vujudimda urayotgan kichkina yurakcha to'xtab qolgani va uni tez orada vujudimdan olish kerakligini qabul qilish judayam qiyin bo'ldi. Keyin o'zimni qo'lga olib, yangi rejalar, yangi hayot tarzini boshladim. Va ko'p o'tmay yana o'sha baxt berilganidan dadasi bilan shokda edik, kutmagandik bo'lishini🙊😂. Boshida hammasi yaxshi edi, lekin 5oyladan keyin o'zimni ahvolim o'zgardi. Ko'p narsalar ta'qiqlandi, sog'ligimda jiddiy o'zgarishlar bo'ldi. Oxirgi oyimiz farzandim uchunam men uchunam eng qiyin davrlardan biri boldi. Lekin Allohga shukr hammasi ortda qoldi🥰 Farzandlarimiz umrlari uzun, iymonli, insofli farzand bo'lib yetishsin Ilohim❤️ Hamma hammaga shunaqa kunlar nasib qisin🤲 @selfdeprules