TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Self Improvement
Self Improvement avatar

TGINSIGHT POST

Post #1147

@selfdeprules

Self Improvement

Tontonan174Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan28 Jun28/06/2024, 02:12 PTG
Kandungan

Kandungan siaran

ALLOH Taolo onalikning birinchi yillarini "zaifikdan keyin zaiflik" deb ataydi (Qur'on 31:14) aslida bu homiladorlik va emizish yillari.. 'Biz insonga ota-onasi haqida tavsiya qildik: onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan ko'tardi; Uni sutdan ajratish 2 yildadir. Menga va ota-onaga shukr qilgin. Va qaytish faqat Mengadir" (Luqmon surasi, 14-oyat) "Onasi Uni zaiflik ustiga zaiflik bilan ko'tardi" Ya'ni homiladorlik paytida ona bolasini zaifhol bo'lib ko'taradi. Borgan sari zaiflik ustiga zaiflik ortib boradi. Bu hol bola tug'ilguncha davom etadi. " Uni sutdan ajratish 2 yildadir" Ya'ni qornida zaiflik ustiga zaifllik bilan ko'targan Ona bolasini yana 2 yil davomida emizadi, parvarish qiladi. ( Manba'a " Tafsiri hilol") Vahn" so'zi "vau-ha-nun" o'zagidan olingan bo'lib, kuchsiz, zaif, bo'g'imlari bo'shashgan,Vahn" so'zi "vau-ha-nun" o'zagidan olingan bo'lib, kuchsiz, zaif, bo'g'imlari bo'shashgan, mushaklari bo'shashgan, doimiy kuch va quvvat yetishmaydigan bo'lish, tez tushkunlikka tushish, tezda umidsizlikka tushish, ma'nosini bildiradi Qarang, Alloh taolo bu davrni shunchaki "vahn" emas, balki "vahn ala vahn" deb ataydi - zaiflik ortidan zaiflik... yani bir ojizlik va charchoq boshqasiga ulanadi. ALLOH bilguvchi! Shunday qilib, agar kimdir sizning qiyinchiliklaringizni ko'rib: "Hamma ayollar tug'adi, emizadi va shunga nima bo'libdi?!" "O'zing hohlagansan, ozing hal qil" va hokazo deb aytsa, o'zingiz uchun bilingki, Olamlar Parvardigori BU HAQIQAT QIYIN ISHNI tan oladi! Nafaqat qiyin, balki HAQIQATDA mushkul shunchalik kơpki, U bu charchagandan keyin charchoq ekanligini aytdi! Qachonki, ALLOH Taoloning o'zi buni tan olsa, boshqa odamlarning tan olishi va tasdiqlashigs hojat bormi?!