Kandungan siaran
2,3 oy oldin shu kunlayam kelarmikin db o'ylirdm. Chunki vaqt o'tishi qiyin, og'riqlar, stress juda kuchli edi. Allohga shukr o'tib ketti hammasi, lekin eslasam haligacha yig'i keladi. Har bir qiyinchilik, sinov insonni yanada o'ziga ishonchini oshirib kuchli qilarkan va o'z o'zidan shukr hissi kuchayarkan. Hozir hayotimdan judayam mamnunman, hammamiz sog'lommiz, zerikishga umuman vaqt yo'q. Aslida hayot shu darajada qisqa va uni doim stressga tushib, tushunmovchilikla sabab yaqinlarimiz bilan xafalashib, gina saqlab, yana nimadirla qilib o'tkazish esa katta xato. Eng muhimi har kuni ertalab uyg'onyapmiz, oyoq qo'limiz sog', yaqinlarimiz bag'rimizda, qogani topiladi🫶🏻 Boshlagan haftangiz quvonchlarga to'la bo'sin, o'zingizni asrang🌸 @selfdeprules