Kandungan siaran
"Uchgacha ayni vaqti" Masaru Ibuka Ushbu kitob "Uchdan keyin kech" kitobining 2-qismi. 1-qismi ko'proq nimalar o'rgatilishi kerak, bolalar nimalarga qodirligi haqida yozilgan bo'lsa, 2-qismida amaliy narsalar batafsil yoritilgan, masalan, bolani qanday rag'batlantirish, xatosini qanaqa aytish, ular qiziqqan narsaga onayam qiziqishi, bolaga ijodiy masalalar berish. Kitob 3 qismdan iborat: 1.Namuna davri 2.Go'dak uchun qulay muhit yaratish 3.Muvaffaqiyatli tarbiya motivatsiya yartishdir. 1-qismida asosan ota-ona va farzand o'rtasidagi munosabatlar, his-tuyg'u, oilaviy muhit va harakatlarning bevosita bog'liqligi ko'rsatilgan. Ona nimadan qo'rqsa farzand ham shundan qo'rqishi, yoki ota ilmsiz bo'lsa bolada ijtimoiy qobiliyatlar rivojlanmasligi kabilar. Bu qismdan olgan eng ta'sirli insaytim "Bola muvaffaqiyatiga qarab qilingan tarbiya muvaffaqiyatli bo'lmaydi" 2-qismida bolaga dastlab "rahmat" va "kechirasiz" ni o'rgatish, sayrga opchiqish, tengdoshlari bilan o'ynashiga ruxsat berish, bolaga sifatli rasmlar ko'rsatish va sifatli narsalar o'qib berish qanchalik muhimligi bayon etilgan. Hatto, chaqaloqning har bir agu siga javob qaytarish orqali nutqi rivojlanishiyam aytib o'tilgan. Mushaklar qancha harakatlansa, shuncha aqliy salohiyat oshishini o'qib hayron qoldim va katta-kichik motorika asosan nega kerakligini bilib oldim. 3-qismda asosan bolalar his-tuyg'ulari haqida yozilgan. Ota-onalar, umuman olganda kattalar fikr bildirishda nihoyatda ehtiyotkor bo'lishilari kerak chunki bola tez fursatda nafratlanib qolishi mumkin ekan. Bolani har bitta qiziqishini hurmat qilib, unga o'zimizam garchi qiziq bo'lmasayam qiziqishimiz bolalarga o'zgacha lazzat bag'ishlarkan. Bolaga qachon cheklov qo'yish, qachon ruxsat berish, nima qilsak bola bilan to'g'ri chiqisha olishimiz yozilgan. Xullas, hali etolmagan insaytlarim juda ko'p. Eng asosiysi ona bola oldida hurmatini yo'qotmastan bir maromda saqlab turishi juda muhim ekan. Yoqimli mutolaa🌸 @selfdeprules