Kandungan siaran
Bolalar bilan sayohat qilish qiyinmi? Qiyin 100 foiz. Lekin 200 foiz arziydi ✨ Ishonasizlarmi, bolali bo'lishdan avval boshqa shaharlarga bir necha marta borganmiz sayohatga lekin shu ikkita bolam bilan borganchalik maza qilmaganman. Masalan, zooparkka bolasiz kirganimda hech qanaqa maza qilmasdim deb o'ylayman. Chunki menga hayvon qiziqmas, bolamni hayvonlarni ko'rib qilgan reaksiyalari, xursandchiligi baxt berdi🥹 Oldinlari o'ylardim: bolalar katta bo'lsa, keyin boramiz uzoq joylarga deb. Bolalar bilan qiyin derdim. Lekin judayam qiziq ekan shunisi bilan. Bolalarni muammo deb qabul qilib shuni deb sayohatni ortga surish kerakmas. Amerikaliklarga e'tibor bersam, kiichkina bolalari bilan ham uzoqlarga sayohat qilishadi. Shundan maza qiladi. Qulay lahzani kutishmas ekan. Qulay lahza kelganda biz qarib qolgan bo'lishimiz mumkin, balki umuman bu sayohatlar hozirgichalik baxt bera olmay qolar. Agar siz ham bola bilan qiynalaman deb sayohatni ortga surayotgan bo'lsangiz, fikrlashni o'zgartiring❤️ Bolalar bilan sayohatga 8 soat borib, 8 soat qaytgan Mari aytyapti 😂 Keyingi manzilimiz 10 soatli yo'l bo'ladi InshaaAlloh🥹🥹