TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Self Improvement
Self Improvement avatar

TGINSIGHT POST

Post #1640

@selfdeprules

Self Improvement

Tontonan307Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan24 Jun24/06/2025, 07:38 PTG
Kandungan

Kandungan siaran

Hozir bitta kitob boshlaganman. Ayollar haqida. Tana tuzilishi, gormonlar ishlashi, ish va oiladagi balansni ushlash, va ayollar organizmidagi har oy bo’ladigan 4ta bosqich paytida yeyish kerak bo’lgan ovqat va mahsulotlar haqida yozilgan. Yosh qizlarga hamma narsani asosan ona o’rgatishi kerakligiyam takidlangan. A biz o’zbeklarda unaqamas, ona va qiz o’rtasida parda bor. “Uyat” hisoblanadi ko’p mavzularda gaplashish. Lekin men sal boshqacha o’yliman. Qiz farzandga hamma narsa birinchi marta onasidan tushuncha berilishi kerak, mayli keyingi tushunchala boshqala tomonidan bo’lsayam. Mahramiyat tarbiya ota-ona tomonidan o’rgatilsa va amalda qo’llanilsa ko’proq yaxshi natijaga erishiladi. Kitobga qaytsak, ayol kishi tez tushkunlikga tushishga tabiatan moyil, ayniqsa turmushga chiqqan yoki tug’gandan keyin. Shunaqa paytlarda qanaqa o’zini qo’lga olish, nimalarga etibor berish ko’rsatilgan. Agar to’g’ri, ma’nolar o’zgartirilmagan holatda o’zbekchaga tarjima qilinsa ko’pchilik ayollar o’qigan bo’lardi. @selfdeprules