Kandungan siaran
O’tgan oy imtihon topshirgandim. Bugun javobi chiqdi. 75% rezultat bn yiqildim🥲. Lekin yomon darajada siqilayotganim yo’q. Chunki O’zbekistondan atigi 5-10% odam topshiradi, uniyam 90% i erkaklar. Hozirgi ish tajribamga, dekrettaligimga(kichkinam hali 1yoshgayam to’lmagandi tayyorlanish paytimda) qaramasdan shu qatorga kirganimni o’zi bir katta gap. Yana man mentorsiz tayyorlandim. O’zbekistonda u imtihon bo’yicha tayyorlaydigan spetsialistni o’zi yo’q hali. O’zim o’qib yani self study qilib shuncha ishlagan bo’sam, agar tutor bn ishlasam aniq o’ta olarkanman. O’zimga nisbatan ishonchim ortdi. Imtihon payti hayajonlanmadim, atmosfera judayam zo’r bo’lganidi. 180ta savoldan 136tasiga to’g’ri javob beribman. Va albatta Bakuni ko’rib keldik, biza uchun kechiktirilgan asal oyidek bo’ldi)😇🤩 Shuning uchun buni mag’lubiyatmas tajriba deb qabul qildim. Bularni qila olishim uchun erim, qaynona oyijonim qo’llab quvvatlashdi. Oyijonim boshidan bollarimga yordamlashib, ortiqcha ish qildirmastan, faqat o’qishim uchun sharoit yaratib berdilar🥰 Qiz bolani niyati amalga oshadi dishardi, rostan shunaqa ekan. Borgan joyimi erka kelini bo’lib yuraman derdim) Allohga behisob shukr hozir shunaqa💖. Ko’chada ko’rgan ko’pchilik bizni ona bola db o’ylashadi😌. Xullas, bu bitta meni emas, oilamiz uchun ham g’alaba, ham tajriba bo’ldi✅ Mashallah db qo’yila) @selfdeprules