Kandungan siaran
Kerakli vaqtda kerakli narsa sodir bo’ladi deganlaridek, bu kitob ham ayni vaqtida keldi. Oxirgi ikki yilda hayotimda ko’plab o’zgarishlar bo’lganligi tufayli oldingidek mendagi qat’iyat, sabr, iroda ancha sustlashgandi. Va bu kitob hamma narsani qayta anglashimga undadi desam adashmayman. Qat’iyatli bo’lish, hissiy nazoratni boshqarish, kerakli paytta huzr-halovattan voz kecha olish sodda tilda tushuntirilgan. Va har bir bo’limni mashqi bor yozma tarzda qilinadigan. Bu esa o’zingizni anglashga, zaif taraflarizni bartaraf qilishga, har qanday yomon vaziyatlarda muammoni o’z holiga tashlashga yordam beradi. Albatta bittada bo’lmaydi hech narsa davomiy intizom talab qiladi. Bitta gap bilan aytganda, o’z ustingizda yanada ishlamoqchi bo’lsangiz bu kitobni albatta o’qishingiz shart. Sodda tilda yozilgan va o’qishga juda qulay. Yoqimli mutolaa✨✅ @selfdeprules