Kandungan siaran
Siladayam nimadir ish qivotganilada yoki ko’chada yurganilada har xil ideala keb qoladimi? Manda shunaqa. O’trib nimadr qilaman disam kemidi hech narsa. Shunga alohida daftar tutdim o’sha payti srazu yozib qo’yishga. Keyin bemalol paytim yanayam yaxshilab ko’rib chiqishim uchun. O’zimizni eng zo’r va takrorlanmas versiyamizni yaratishga harakat qilishimiz kerak. Bu narsani oldinroq tushunganman lekin tub tubigacha anglamagan ekanman. Agar shunaqa bo’lganida, energiyamni boshqa narsala uchun emas o’zim uchun ketqizganimda hozir ancha bundanam yaxshi bo’lardi. Lekin shunisigayam shukr. Hozir hayotimni eng gullagan, energiyaga to’la, qizg’in pallasidaman. Kichkina oilam bor🥰. Qizlik davrda baribir odamni ichida qo’rquvi bo’ladi, hayotim o’xshidimi digan. Shu hislar yo’q uje. Hozirgi asosiy vazifam farzandlarimga yaxshi tarbiya berish, oilamni bir maromda ushlab turish va karyeramni rivojlantirib o’z ustimda ishlash✨ @selfdeprules