TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Self Improvement
Self Improvement avatar

TGINSIGHT POST

Post #1865

@selfdeprules

Self Improvement

Tontonan347Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan19 Dis19/12/2025, 07:24 PTG
Kandungan

Kandungan siaran

Nihoyat bollarimni iymonni to’ldiruvchi, islom amallaridan muhimi hisoblanadigan sunnat, ota-onani burchi bo’lgan narsa - xatna qildirdik. Katta o’g’lim 6oyligidan beri qildiraman deb harakatda edim, boshida 1yoshgacha kuting dedi doktor, 1yoshga to’lganida bir nimala bo’lib qildiromadik, keyin kichkinam tug’ildi. Birga qildiramiz db kichkinam 3oyligida doktorga borsak bu safar kichinamni 1yoshgacha kutishimizni etti🤦🏻‍♀️😂. Kichkinam tug’ilganidan beri birga xatna qildiramz db niyat qilib qo’yudim, Allohga behisob shukr yetqizdi🥰. Keyin shu yil avgustta qildirmoxchidik Toshkentta dadasi bor paytta kasal bo’lib qolishdi. Keyin hozirgi vaziyatimni hisobga olib viloyatda qildirishga qaror qildim. Boshida qo’rqdim, kuchli hayajon bo’ldi, rosa duo qildim oson bo’sin yaxshi bo’sin db. Kimdirla uchun oddiy holat bo’lib tuyulishi mumkin lekin men uchun unaqamas. Farzandlarimni har bir holati men uchun juda muhim. Xatna jarayonini boshidan oxirigacha o’zim turdim🥹. Birinchi kattamni qilishdi rosa yig’ladik birga, kesganida xuddi jonimni kesgandek og’ridim😭, hamma narsani ko’rib turdim. Keyin kichkinamnikini qilishdi, unda judayam yengil o’tti. O’zi qancha kichkina bo’sa shuncha yaxshikan. Hammaga maslahatim bola dumalamasidan, emaklamasligidan oldin qilish eng yaxshisi ekan. Alloh yana o’g’il farzand bersa chaqaloq payti qildiraman deb o’ylab qo’ydim. Lazerniy qildirdik. Eskichadek bola uncha qiynalmasakan, lekin baribir injiqligi bo’ladi. Yonimizda bobosi, buvisi va yaqinlarimiz bor shunga uncha bilinmayapti. Ilohim farz to’ylariga sog’lik-omonlikda, birgalikda yetqazsin🥰