Kandungan siaran
Odatda ilohiy ishqini odam 25-30 yoshidan keyin, yoki oilali holatda, yoki ajrashgan holatda uchratadi. Kamdan kam holatlarda yigit va qizlarda bo'lsa kerak. Asosan katta odamlarga keladigan o'ta o'g'ir imtixon bu. Yoshlarning toqati ham, ongi ham ko'tarolmasa kerak.😂 Odatda hali turmush qurmagan insonlarda karmicheskiy munosabatlar bo'ladi, ular osongina oila quradilar va farzandlik bo'ladilar. Ammo ilohiy ishqni uchratish bu - RUHIY RIVOJLANISH YO'LIDIR! U juda qiyin imtixon! Instagramda ko'plab obunachilarimizning yozishlaricha, ilohiy ishqini uchratgan oilali ayollar erlarining oldida o'ta kuchli o'zlarini aybdor his qiladilar (garchi ilohiy ishqlari bilan umuman gaplashmayotgan bo'lsalar ham). Chunki ular 24 soat davomida boshqa insonni o'ylab yuradilar. 🥲 Ilohiy ishq vakillari (bliznetsovaya plamya) oilaga o'ta sadoqatli,halol insonlar bo'lganliklari uchun bu vijdon azobi ular uchun-do'zah azobi bilan tengdir. Shuning uchun ham, tozalov etapida,ularning ko'pi erlaridan ajrashib ketadilar. Chunki erlariga nohaqlik qilayotgandek sezadilar o'zlarini. Erlarining uyida yashab turib, boshqa erkakni o'ylab yurganlariga chiday olmaydilar. U uydan qochib ketgilari keladi. 😭 Ming urinsalar ham xayollarini boshqara olishmas ekan. Chunki bu ruh o'rnidagi imtixondir, ruhini boshqarishga insonning ongi yetmaydi. Ayollar bundan chuqur depressiyaga tushib, psihiatrga murojaat qilishlari mumkin. O'zlarini jinni bo'lib qolayotgandek his qiladilar. Qayerga qochib ketishni bilmay, o'limni orzu qilishar ekan.🥲 Qizlarimiz huddi shunday tasvirlab yozishgan. Men ularga nima maslahat beraman? BU VAZIYATNI QABUL QILIB, UNGA MOSLASHISHNI! Mamontlar va dinozavrlar nega qirilib ketgan? Chunki ular tashqi muhitning o'zgarishlariga moslasha olmaganlar. ❌ Siz agar ilohiy ishqni uchratgan bo'lsangiz, psiholog bilan ishlab, bu holatga moslashishni o'rganing. O'rtacha 2 yil ichida inson onggi hamma narsaga moslashadi! Eringizga vafodor bo'lsangiz, ilohiy ishqingiz bilan gaplashmasangiz bas!✅ Qolgan barcha holatga moslashing, qabul qiling! Shundagina tirik qolasiz. Aksincha bo'lsa:aqldan ozishingiz, o'z joningizga qasd qilishingiz, yoki ajralib ketasiz, yoki yomon kasal bo'lasiz.