TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Self Improvement
Self Improvement avatar

TGINSIGHT POST

Post #1877

@selfdeprules

Self Improvement

Tontonan196Bilangan tontonan siaran
Diterbitkan5 Jan05/01/2026, 07:53 PTG
Kandungan

Kandungan siaran

Instagramga 5,6 oydan beri kirmayotudm. Yaqinda ochdim yana. Lekin pushaymonam bo’ldim. Etishila mumkin o’zizga kerelisini oling boshqasiga e’tibor bermang dib. O’zbekistonda ijtimoiy tarmoqladan faqatgina kiyim, uyga kereli narsalani ko’rish uchun foydalanish mumkin, qolgani behuda vaqt ketqazish. Bor orasida foydali blogla lekin judayam kam. Boshqa davlatlani blogerlari, aktrisa, aktyorlani blogini kuzatib chiqdim. Shunaqa sodda, kerakli ma’lumotla bor ko’pida. Bizanikiga o’xshab yarimi reklama, ertalab turgan yotog’idan boshlab kechqurungi vannadagi uxodigacha ko’rsatishmidi. Eng yomoni o’zbekni omi xalqi shulani kuzatadi, komment yozadi, shulani dib ajrashishla, kelishmovchilikla chiqadi. 6 oy qisqa muddat emas. Profilimdagilani kuzattim, o’sha o’sha storiesla, postla, odamlada o’sish, o’zgarish yo’q. To’g’ri internettagi narsaladan odamlaga baho berish ham xato, lekin shu narsaga vaqt topyaptimi demak tushunarli. 2 3 yil oldin manam hozirgidan ko’p stories qo’yardim. Hozir shulani ko’ribam nima uchun digan savol keladi. U paytta yoshroq, ijtimoiy tarmoqqa qiziqishim kuchli bo’gandr. Xullas bu gaplarim bilan hozirgi zamonda hamma narsani internetta ochiqlamaslik, behudaga vaqt ketqazmaslik kerak. @selfdeprules