Kandungan siaran
Keyin yana bitta narsani sinadim. Instagramda deyarli hammamiz reels ko’ramiz. Nimaga deb o’zimizdan so’rasak, charchaganman, depressiyadaman, … bahonalar ro’yxati tuziladi. Lekin aslida shu reels energiyani oladi, arzon dofamin bo’lganligi hisobiga inson tez o’tirib qoladi. Shuni o’rniga kuniga hech bo’lmaganda yarim soat foydali narsa qilsa bo’ladi. Qiziqishlari bo’yicha kitob o’qish, kurs o’qish, foydali video(reelsmas) ko’rish mumkin. Buni qanaqadir ma’noda aqllilik qilyapti deb o’ylashiz mumkin, manam shunaqa o’ylaganman boshida) Lekin tafakkur qilinsa rostan shunaqa. O’zidan qoniqmaslik, boshqalarni yolg’on “luxury” hayoti deb tinchimiz buzilishi, orqada qolayotgandek his qilishimiz xohlamasakda bo’lishi mumkin. Oxirgi paytlada judayam instagramga o’rganib qoldim, oldin hech bu darajada bo’lmagan manda. Oxiri o’chirib tashadim va hozir bu ancha foyda berdi. You tube gayam limit qo’yilgan, telegram boshidan oxirigacha tozalandi. Bir xil davrlar bo’ladi inson o’zini boshqarishi, irodasi yetishi qiyin bo’lishi mumkin, shunaqa paytlardayam o’zini yo’qotib qo’ymasligi kerak. Siz ham sinab ko’ring) aslida stressga, energiya yo’qligiga shu reels layam sabab bo’lishi mumkin. @selfdeprules