Kandungan siaran
Bugungi kunim haqida Kecha bugun uchun ancha rejalar tuzib qo'ygandim. Ertalab tursam, boshimda, umuman butun tanamda og'riq sezdim. O'zimam hayron qoldim, dori ichmadim. Kuni bilan shu holatda yurdim. Abet payti qo'shnilada yana boshlandi "dirillashlar" (remont qilishvoti), keyin bolam bilan ko'chaga chiqib ketdik. 1soatlarcha yurdik, kelsak tinchishibdi. Endi uxlatgandim yana boshlandi, birpasdan keyin yana ko'chaga chiqib ketdik. 1.5 soat yurdik, keganimizdan keyin yana boshlashdi. Bu safar chidab turomadm, chiqib gapirib keldim, shundan keyin umuman qilishmadi. (10 kundan beri shu ahvol, bugungacha indamaganidim). Keyin shirinlik yeyishga chiqmoqchidim yoqmadi, ovqat zakaz qilsammi db o'yladim uyam yoqmadi. Kechga tinchgina kofe ichib qo'ya qoldim. Bunaqa holatga anchadan beri tushmaganidim. Yoki ota-onamni, qizlik uyimni sog'inganimgami, yoki kecha ko'p narsalani eslaganimgami, bo'ldi shekilli. Mayli, nima bo'lsa yaxshilikka;) Good night, dears @selfdeprules