Kandungan siaran
Hammaga Assalomu Aleykum! Avvalambor o'zimni tanishtirib o'tsam. Ismim Barno, 24 yoshdaman, oilaliman, bitta farzandim bor, hozirda dekretdaman. Akademik litseyni tugatgach, MDIST (Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti) ga o'qishga kirganman, va "Finance, Investment and Risk" yo'nalishida tahsil olganman. Bu kanalni ochishimga sababchi farzandim desam ham bo'ladi. Hali endigina 3oylik bo'ldik. Va bu vaqt ichida menda har xil emotsional o'zgarishlar bo'ldi. Farzand o'stirish juda katta masuliyat ekan. Bir o'zim bo'lganimgami stress ga tushish ko'p kuzatildi shu 3 oy ichida. 24/7 faqat o'zim qariman farzandimga, birinchi farzandim bo'lganigami to'g'risi qiynaldim juda. Vaqtida to'yib uxlamaslik, yaxshi ovqatlanmaslikni organizm ko'tarolmas ekan. Va men shu narsalardan o'zimni chalg'itish hamda boshqalar bilan o'z tajribalarimni bo'lishish maqsadida ushbu kanalni ochdim. Har kunlik motivatsiyalar, o'z ustida ishlash hamda boshqa har sohada ma'lumotlar berib boriladi. Umid qilamanki, sizga manzur keladi! Tashakkur hammaga!!