TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kembali ke senarai saluran
Uklon Driver UZ avatar

TGINSIGHT CHAT

Uklon Driver UZ

@uklondriveruz

Business and startups

Uklon Driver rasmiy kanali! Haydovchilarimiz guruhi - https://t.me/uklondriveruzchat Haydovchilarga oid yangiliklarni kuzatib borish uchun obuna bo'ling!

Pelanggan6,890Pelanggan semasa
Siaran dijejaki439Bilangan siaran diindeks
Capaian terkini54,650Jumlah tontonan terkini
Siaran terkini

Siaran terkini

Halaman 1 daripada 37 · 439 siaran

Diterbitkan 20 Apr

Assalomu alaykum, hurmatli Hamkor! 📄 Eslatib o‘tamiz, Uklon Driver’da ishlash uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi: ✅ O‘zini o‘zi band qilganlik sertifikati. Faoliyat turlari: yo‘lovchi tashish va yetkazib berish ✅ Yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchilar tashish uchun amaldagi litsenziya kartochkasi ✅ Didox xizmatida Uklonni "komissioner" sifatida belgilash 💚 Hujjatlar to‘g‘ri bo‘lsa — buyurtmalar ochiq, ishlash esa yanada oson bo‘ladi! Bu postni Uklon Driver'ga endi ulanmoqchi bo‘lganlarga jo‘natib qo‘ying!🚀

2,740 views

Diterbitkan 16 Apr

Assalomu alaykum! Uklon Driver’da naqd pulsiz buyurtmalar uchun cheksiz kompensatsiya joriy etildi 🚀🎉 Endi agar yo‘lovchi siz unga qarab harakatlanayotganingizda buyurtmani bekor qilsa yoki 5 daqiqa ichida chiqmasa — sizga kafolatlangan kompensatsiya to‘lanadi 💯 💰 Haydovchi uchun kompensatsiya miqdorlari: ✅ Layt — 5 000 so‘m Rejalashtirilgan buyurtma — 6 000 so‘m ✅ Standart — 5 500 so‘m Rejalashtirilgan buyurtma — 6 500 so‘m ✅ Komfort — 6 000 so‘m Rejalashtirilgan buyurtma — 7 000 so‘m ✅ Biznes — 7 000 so‘m Rejalashtirilgan buyurtma — 7 500 so‘m ❕ Muhim: — Qoidalar faqat naqd pulsiz buyurtmalar uchun amal qiladi 💳 — Kompensatsiya siz yo‘lovchi tomon harakatni boshlab, 1 km dan ortiq yo‘l bosgan bo‘lsangiz to‘lanadi — Naqd va korporativ buyurtmalar bo‘yicha kuniga 2 martagacha ariza yuborish mumkin — har biri uchun 5 000 so‘m 🙌 Yangi imkoniyatdan foydalaning va daromadingizni yo‘qotmang 🙏 Uklon Driver’ni tanlaganingiz uchun rahmat 💚

4,730 views

Diterbitkan 16 Apr

Uklon Driver xizmatidan “Salom” bonus dasturi! 💰Uklon Driver ilovasining yangi haydovchilari birinchi haftada bajargan buyurtmalari uchun quyidagi bonuslarni qo‘lga kiritishadi: 5 ta bajarilgan buyurtma uchun — 30 000 so‘m bonus 10 ta bajarilgan buyurtma uchun — 70 000 so‘m bonus 15 ta bajarilgan buyurtma uchun — 120 000 so‘m bonus 20 ta bajarilgan buyurtma uchun — 180 000 so‘m bonus 30 ta bajarilgan buyurtma uchun — 300 000 so‘m bonus 50 ta bajarilgan buyurtma uchun — 500 000 so‘m bonus Dastur bo‘yicha barcha usulda bajarilgan buyurtmalar hisobga olinadi: liniya, efir yoki filtrlar orqali. 🚀 Ushbu postni hali Uklon Driver haydovchisi bo‘lmaganlarga yuboring qo‘ying!

4,390 views

Diterbitkan 15 Apr

Ramazon oyini xayrli ishlar bilan yakunladik 🕊 Ro‘zaning so‘nggi haftasi ayniqsa muhim tashabbus bilan yakunlandi - Uklon jamoasi ixtisoslashtirilgan maktablarga interaktiv doskalarni sovg‘a qildi! Jami 8 ta doska Toshkent shahri, shuningdek, Jizzax viloyati, Qashqadaryo va Qo‘qon viloyatlariga yuborildi. Ular eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar tahsil olayotgan ta’lim muassasalariga topshirildi 🎁 Ishonamizki, bu hissa ta’lim jarayonini bolalar uchun yanada zamonaviy va qulayroq qilishga yordam beradi. Ramazon oyi davomida amalga oshirilgan barcha tashabbuslar haydovchilarimiz, foydalanuvchilarimiz va hamkorlarimizning xayrli ishlarga qo‘shgan umumiy hissasidir 💛

3,780 views

Diterbitkan 11 Apr

🚀💚 Uklon Yulduzlari konkursida qatnashing! 1-apreldan 30-aprelgacha iloji boricha ko‘proq buyurtmalarni bajaring va TOP-100 ga kiring — sizni kafolatlangan sovrinlar kutmoqda! 🎁 TOP-100 haydovchilar uchun sovrinlar: 🏆 1–5-o‘rinlar — Samsung Galaxy A57 smartfoni 🥈 6–10-o‘rinlar — Neoline 8800 antiradari 🥉 11–20-o‘rinlar — Videoregistratorlar 🚗 21–30-o‘rinlar — Kimyoviy tozalash sertifikati 🔧 31–40-o‘rinlar — Konditsioner diagnostikasi sertifikati 🧼 41–50-o‘rinlar — 5 ta bepul avto yuvish uchun sertifikat 💚 51–100-o‘rinlar — 1 hafta uchun pasaytirilgan komissiya 🎯 Qo‘shimcha sovrinlar ✨ 100–200-o‘rinlar orasidan tasodifiy 5 nafar haydovchi — har biri 2 000 000 so‘m ✨ 200–300-o‘rinlar orasidan tasodifiy 5 nafar haydovchi — har biri 1 500 000 so‘m ✅ Konkursda barcha bajarilgan buyurtmalar hisobga olinadi: Efir, Filtrlar va Liniya 📲 Natijalarni ilova ichidagi turnir jadvalida kuzatib boring 📅 Konkurs yakunlari: Natijalar 2026-yil 6-may kuni e’lon qilinadi

5,030 views

Diterbitkan 10 Apr

Haydovchilar orasida kichik so‘rovnoma 📣 Agar siz Uklon Driver ilovasidan kuniga 4 soatdan kamroq foydalansangiz – sizni intervyuga taklif qilamiz! 🎙️ Intervyu 30-40 daqiqa davom etadi va asosan haydovchilarning ish tarzi, qiyinchiliklari hamda takliflarini yaxshiroq o‘rganish maqsadida bo‘lib o‘tadi. Ariza to’ldirganlar 13-24 aprel orasida telefon qilib chaqiriladi. Intervyular soat 14:00 va 18:00 oralig’ida bo’lib o’tadi. 💰 Ishtirok etganlarga ketgazgan vaqti uchun 200 000 so’m to‘lab beriladi. Agarda sizda qatnashish istagi bo‘lsa, quyidagi arizani to‘ldiring: 🔗https://forms.gle/uAnS9b4VxpRS67zd7

4,620 views

Diterbitkan 9 Apr

🎯 Filtrlar imkoniyati Uklon Driver ilovasidagi Filtr funksiyasi orqali ish jarayonini o‘zingizga moslashtiring va faqat qulay hududlardan buyurtmalar oling 🚗 Filtr yordamida siz: ✅ O‘zingiz istagan sektorlarni tanlaysiz ✅ Buyurtma qabul qilish radiusini belgilaysiz ✅ Faqat tanlangan hududlardan buyurtmalar olasiz ✅ Ish vaqtingizni va yoqilg‘ini tejaysiz Filtr funksiyasi bilan ish yanada qulay va samarali bo‘ladi. Uklon bilan bo‘lganingiz uchun rahmat! 💚

4,510 views

Diterbitkan 8 Apr

Qo‘shimcha sovrinlar🎁 🏆 100-200 o‘rinlarni egallagan haydovchilar orasidan tasodifiy tarzda 5 nafar g‘olibni tanladik. Ularga 3 000 000 so‘m miqdorida pul mukofotini topshiramiz! ⚡️ 200-300 o‘rinlarni egallagan haydovchilar orasidan ham tasodifiy tarzda 5 nafar g‘olibni tanladik. Ularga esa 2 000 000 so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi! Sovrindorlarning to‘liq ro‘yxatini ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin! Uklon Driver’ni tanlaganingiz uchun tashakkur. Oldinda sizni yanada qiziqarli loyihalar kutmoqda! 💚

4,760 views

Diterbitkan 8 Apr

Assalomu alaykum! "Uklon Yulduzlari" musobaqasi yakunlandi. Musobaqamizda ishtirok etgan barcha haydovchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz - sizning faolligingiz va ishtiyoqingiz biz uchun qadrli! 😊 📲 G‘oliblar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqalitanishishingiz mumkin. Uklon Driver’ni tanlaganingiz uchun tashakkur. Oldinda sizni yanada qiziqarli loyihalar kutmoqda! 💚

4,310 views

Diterbitkan 7 Apr

🚗 Do‘stingizni taklif qiling va 300 000 so‘mga ega bo‘ling! Do‘stlaringizni Uklon Driver ilovasiga taklif qiling va biz bilan ishlashni boshlagan har bir kishi uchun pul mukofotiga ega bo‘ling 🎉 Bu qanday ishlaydi: — Dasturga boshqa bir haydovchini taklif qilasiz — Unga 30 ta buyurtmani bajarish uchun 14 kun vaqt beriladi — Va 30 ta buyurtmani bajarib bo‘lgach — 👉 Siz 300 000 so‘m 👉 Do‘stingiz esa 100 000 so‘mni qo'lga kiritadi Barcha usulda bajarilgan buyurtmalar hisobga olinadi: liniya, efir yoki filtrlar orqali. Bonuslar shartlar bajarilgandan keyin avtomatik ravishda hisoblanadi 💸 Do‘stingizni qanday taklif qila olasiz: Uklon Driver ilovasidagi "Referal dastur" bo‘limiga o‘ting va shu yerdagi havolani do‘stingizga yuboring. Bonuslar sizga hisoblanishi uchun do‘stingiz sizning havolangiz orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak! 📩 Hoziroq dasturga kiring va do‘stlaringizni taklif qilishni boshlang!

4,340 views

Diterbitkan 6 Apr

🔄 Uklon Driver’da katta yangilanishlar! ✅ Siz uchun ishni yanada qulay va daromadli qiladigan yangi funksiyalar bilan tanishing: 👉🏻 Endi "Uyga" funksiyasini bir kunda 2 marta emas 4 martagacha ishlata olasiz; 👉🏻 Statistika bo‘limi yangilanib, yanada qulay qilindi; 👉🏻 Yangi qo‘shilgan "Sikl" funksiyasi orqali Filtrlardan cheksiz foydalana olasiz; 👉🏻 Telegram bot orqali tasdiqlash kodini tezda qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ldi; 👉🏻 Pullik kutish vaqti uchun to'lov summasi oshirildi. Amalga oshirilgan yangilanishlardan foydalanib, ish jarayoningizni yanada qulay va daromadingizni oshiring 🙌 Uklon Driver bilan birga ishlayotganingiz uchun rahmat 💚 Biz siz uchun xizmatni yanada qulay va samarali qilish ustida ishlashda davom etamiz!🚕

4,580 views

Diterbitkan 2 Apr

Yangi haydovchilar uchun zo‘r yangilik! 🚕 Biz haydovchilik sohasiga endi kirib kelayotgan hamkorlarimizni qo‘llab-quvvatlamoqchimiz. Shu sababdan ham 10 ta bepul darslikdan iborat maxsus kursni tashkil etdik! 💁🏻‍♂️ Kursda siz: - Reytingni qanday qilib “top” darajada ushlab turishni; - Chet ellik mijoz bilan oson va ishonchli muloqot qilishni; - YPX xodimi bilan qanday to‘g‘ri gaplashishni; - Yoqilg‘ini qanday qilib tez quyib ketishni va yana boshqa hayotiy vaziyatlarda nima qilishni bilib olasiz! Eng qizig‘i – darslar zerikarli emas! Ularni mashhur taksist-bloger Azizxon Taxi bilan birga tayyorladik, shuning uchun hammasi sodda, real va hatto biroz kulgili 😁 🔗 Kurs havolasi: https://bit.ly/4sIG3Pr Tomosha qiling va yangi haydovchilarga ulashishni unutmang! 🚀

6,860 views
123•••10•••20•••30•••3637
SebelumHalaman 1 daripada 37Seterusnya