TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kembali ke senarai saluran
Visola__uz avatar

TGINSIGHT CHAT

Visola__uz

@visola_uzsam

Fashion and beauty

15 yildan beri mahsulotlarimiz bilan uy bekalarini xursand qilmoqdamiz! Buyurtma uchun: @visolauz_bot ☎️ +998 90 100-48-88

Pelanggan272Pelanggan semasa
Siaran dijejaki164Bilangan siaran diindeks
Capaian terkini7,891Jumlah tontonan terkini
Siaran terkini

Siaran terkini

Halaman 1 daripada 14 · 164 siaran

Diterbitkan 13 Nov

Dimlama🤤 ✅Kerakli masalliqlar: Visoladan Frikadelki Domashnie Testo Domashnie Visola🤩 Kartoshka Piyoz Sabzi Gul karam Tuz ✅Tayyorlanishi: Piyola olamiz xohlagan turdagi sabzavotlar bilan to'ldiramiz, frikadelkalarni teramiz, tuz sepamiz. Xamirni piyola hajmiga mos qilib ochib olamiz va piyolaga yopishtiramiz, qizigan pechda pishirib olamiz. Shunaqangi tez va oson dimlamamiz tayyor. Siz ham shu usulda tayyorlab ko'ring🤤 Yoqimli ishtaxa❤️

790 views

Diterbitkan 7 Nov

Visola bilan shirinliklar ham bir pastda tayyor🤤 ✅Kerakli masalliqlar: Visola sloyonoye xamiri Shokolad Tuxum ✅Tayyorlanishi: Sloyonoye xamirni xona xaroratida eritib olamiz, yarmini bo'lib yupqa qilib yoyib olamiz, videoda ko'rsatilgandek qilib kesib olamiz, kesilgan uchburchak xamirimizga shokoladan qo'yib tortib-tortib buklab olamiz, tuxum sarig'i surtib, qizigan pechda pishirib olamiz. Qarsildoq mazali shokoladli kraussanimiz ham bir pastda tayyor, albatta, siz ham shirinlik yegingiz kelgan vaqtda tayyorlab ko'ring😍 Sizga yoqishi aniq🤤 Yoqimli ishtaxa❤️

798 views

Diterbitkan 30 Okt

Qovoqli somsa🤤 ✅ Kerakli masalliqlar: Visola qatlama xamiri Qovoq Piyoz Ziravorlar ✅Tayyorlanishi: Rulet qatlama xamirini xona haroratida yumshatamiz, bo'laklarga bo'lib, o'rtasini bosmasdan yoyib, qovoqli nachinkani solib tugib olamiz. Ustiga tuxum emas oddiy suv sepamiz, qizigan pechda qizartirib pishirib olamiz. Usti qarsildoq somsalarimiz tayyor. Siz ham, albatta, qovoqli somsachalar qilib, mazza qilib yeb oling🤤 Yoqimli ishtaxa❤️

792 views

Diterbitkan 25 Okt

Osnova pitsa xamiridan sirli mini bulochkachalar🤤 ✅Kerakli masalliqlar: "Osnova" pitsa xamiri Pishloq Sedana, kunjut ✅Kerakli masalliqlar: "Osnova" pitsa xamirini xona haroratida yumshatib olamiz, o'rtacha qalinlikda yoyib bo'laklarga bo'lib olamiz. Pishloqni kubikcha to'g'rab, xamir ichiga qo'yib dumaloq shakl berib bukib olamiz, tuxum sarig'iga botirib, kunjut, sedana, qovoq danagiga botirib qolipga joylab olamiz. Qizigan pechda 20-30 minutda pishirib olamiz. Bolajonlar uchun ajoyib yegulik tayyor, siz ham bir marta tayyorlab ko'ring🤤 Yoqimli ishtaxa❤️

793 views

Diterbitkan 19 Okt

Visola Pitsa xamiridan go'shtli pitsa🤤 ✅ Kerakli masalliqlar: Visola "Ocnova для пиццы"xamiri Farsh Ketchup Bulg'or qalampiri Qora olivka Pishloq ✅Tayyorlanishi: Pitsa xamirini xona haroratida eritib olamiz, ikkiga bo'lamiz, yupqa qilib dumaloq shakl berib yoyib olamiz. Qoshiqda ketchup solib, ketchupni barcha tomoniga surtamiz, farshni tekis qilib yoyib olamiz, bulg'or qalampirini mayda to'g'rab sepamiz, pishloqni qirg'ichdan chiqarib to'la qilib yoyib chiqamiz,qizigan pechda 25 minut sirlari eriguncha pishirib olamiz. Qarabsizki, go'shtli, xamirlari mazzali pitsamiz tayyor. Siz ham albatta tayyorlab ko'ring🤤 Yoqimli ishtaxa❤️

685 views

Diterbitkan 15 Okt

Visola "Тесто дамашние" xamiridan og'izda erib ketadigan qatlamalar🤤 ✅Kerakli masalliqlar: Visola "Тесто дамашние" Shakar ✅Tayyorlanishi: Xamirni xona haroratida yumshatib olamiz, yupqa qilib yoyib olamiz, qizigan yog'da oldi orqasini qizartirib qovurib olamiz. Issiq vaqtida shakardan oz-ozdan sepib chiqamiz, qarabsizki, eng mazzali, ortiqcha harakatlarsiz og'izda erib ketadigan qatlamamiz tayyor🤤 Nonushtada, mehmonlarni oldida ham tayyorlasangiz rahmatlar tagida qolishingiz aniq🤩 Yoqimli ishtaxa❤️

653 views

Diterbitkan 5 Okt

Visola qatlama xamiridan ajoyib ananasli shirinlik tayyorlaymiz. ✅Kerakli masalliqlar: Visoladan qatlama xamir Ananas (konservali) Shakar+koritsa Tuxum sarig'i Qand upasi(ustiga sepish uchun) ✅Tayyorlanishi: Qatlama xamirimizni xona xaroratida yumshatib olamiz, yupqa qilib yoyamiz, to'rtburchak shakl berib, kesib yana videoda ko'rsatilgandek qilib oz-ozdan kesib ham olamiz, ananas qo'yib shakar+koritsa aralashmasidan sepib, videoda ko'rsatilgandek qilib buklab olamiz. Tuxum sarig'i surtib, qizigan pechda pishirib olamiz, ustiga shakar upasi sepib mazza qilib yeb olamiz. To'satdan shirinlik yegingiz kelsa, bu shirinlikni albatta tayyorlab ko'ring Asosiysi, tez va oson🌹 Shirinlik bilan yaqinlaringizni xursand qiling🌸🌹

639 views

Diterbitkan 30 Sep

Visola pitsa xamiridan mini bulochkachalar tayyorlaymiz ✅Kerakli masalliqlar: Visola pitsa xamiri Sosiska Tuxum sarig'i Kunjut ✅Tayyorlanishi: Pitsa xamirini xona haroratida yumshatib olamiz, ozroq o'qlov bilan ochamiz, bokal yordamida zuvalachalarga ajratib olamiz, kesilgan sosiskadan qo'yib dumaloq shakl berib, bukib olamiz, tuxum sarig'i, kunjut sepib qizigan pechda pishirib olamiz. Asosiysi, tez va oson, albatta shu usulda tayyorlab farzandlaringizni xursand qiling🤤🌸 Yoqimli ishtaxa🌹

591 views

Diterbitkan 25 Sep

Osnovadan go'shtli non🤩 ✅Kerakli masalliqlar: Visola "Основа для пиццы" xamiri Farsh 300 gr Piyoz 1 dona Ziravorlar tuz, murch, qizil paprika ✅Tayyorlanishi: Visoladan pizza xamirini xona haroratida yumshatib olamiz (bittasidan 2 ta chiqdi), ikkiga bo'lamiz, dumaloq shakl berib yoyib olamiz, farshni piyoz, ziravorlar bilan yaxshilab qovurib olamiz. Nachinka tayyor. Yoyilgan hamirga nachinkani solamiz, videoda ko'rsatilgandek qilib kesib olamiz va yaxshilab o'rab olamiz, ustiga tuxum sarig'i surtib, kunjut sepamiz. Visola - bu uddabron kelinlar tanlovi✅ Albatta, shu usulda tayyorlab ko'ring juda ham mazzali bo'ladi🤤🤩

566 views

Diterbitkan 21 Sep

Podlivkali Chuchvara🤩 ✅Kerakli masalliqlar: Visoladan "Особые" chuchvarasi Pomidor 4 dona Chesnok 3 zubchik Smetana 2 osh qoshiq Pishloq 100 gr Tuz ✅Tayyorlanishi: Chuchvaralarni qaynab turgan tuzli suvga solib, uzog'i 5 minut qaynatib olib qo'yamiz. Pomidor, chesnokni qizigan yoqqa solib 2 osh qoshiq suv solib ustini yopib 5-6 minut dimlab qo'yamiz. Pomidorning po'stini olib yaxshilab ezamiz, smetana, sir solib bitta qaynatib olamiz, qaynab chiqqan chuchvaralarimizni solib yaxshilab aralashtirib ustidan mayda qilib qirg'ichdan sir chiqarib olamiz🤤 Noodatiy usuldagi chuchvaralarimiz tayyor 🤤🤩 Albatta erinmay bitta shu usulda ham tayyorlab ko'ring😊

546 views

Diterbitkan 15 Sep

Somsa sixchada 🤤 ✅Kerakli masalliqlar: Visola testo hamiri Go'sht 300 gr Piyoz 3 dona Ziravorlar tuz, murch, zira Sixcha Tuxum sarig'i Kunjut ✅Tayyorlanishi: Visola testo hamirini hona haroratida yumshatib olamiz, o'rtasini qattiq bosmay yoyib olamiz. Nachinkasi uchun esa go'shtga to'rtburchak shakl berib, to'g'rab olamiz, piyozni ham maydalab to'g'rab olamiz, taʼbga qarab ziravorlardan solib yaxshilab aralashtirib, yoyilgan xamirimizga 1 ta katta qoshiqda nachinka solib chiqamiz, videoda ko'rsatilgandek bukib olamiz va sixchalarga qadab, yaltirashi uchun ustidan tuxum sarig'i va kunjut sepamiz🌸 Qizigan pechda 40 minut tepa-past qilib pishirib olamiz. Shu usulda tayyorlasangiz juda ham mazzali bo'lar ekan, albatta tayyorlab ko'ring 🤤🥰

522 views

Diterbitkan 10 Sep

Qatlamali kotletli burger🤤 ✅Kerakli masalliqlar: Visoladan sloyonoye xamir Visoladan kotlet s sirom Pomidor Salat bargi Ketchup Mayonez ✅Tayyorlanishi: Sloyonoye xamirni xona xaroratida yumshatib olamiz, yarmini yupqa qilib yoyib, to'rtga bo'lamiz, yog' surtamiz, ikki bukib listga teramiz. Qizigan pechga pishirishga yuboramiz. Orada kotletlarni ikki tarafini ham qizartirib qovurib olamiz. Pishib chiqqan xamirimiz ichiga ketchup bilan mayonez aralashmasini ayamay surtamiz, salat bargi, pomidor qo'yamiz, kotletni ham teramiz, ustidan yana ketchup, mayonez surtib, bolajonlarga uzatamiz🤤 Juda mazzali bo'ladi, aynan shu usulda tayyorlab ko'ring, sizga yoqishi aniq❤️ Barchaga yoqimli ishtaha❤️

516 views
123•••10•••1314
SebelumHalaman 1 daripada 14Seterusnya