TGINSIGHT CHAT
Hamidjon_Omanov
@Hamidjon_Omanov
EducationTajribalar - bizning abadiy hayot muallimimiz!
Postijiet reċenti
Paġna 1 minn 3 · 28 postijiet
Ippubblikat Diċ 29
#sarhisob_2025 Andijon viloyati Kengashi 🖥 MTDP | Telegram
Hashtags
Ippubblikat Diċ 17
🙏Fraksiya qarshiligi bilan o‘qituvchilar shaʼnini tahqirlovchi qonun loyihasi qabul qilinmadi Pedagoglar manfaati doimo “Milliy tiklanish” himoyasida 🖥 MTDP | Telegram
Ippubblikat Diċ 2
“Milliy tiklanish” DP fraksiyasida 2026-2028 yillar uchun Davlat byudjetini muhokamalari boshlandi. Fraksiyamiz a’zolarini byudjet bilan bog’liq barcha savollariga javob berish uchun Hukumatni mas’ul vakillari Qonunchilik palatasida ishlamoqda. Muhokamalar davom etayotgani uchun bugun rejalashtirilgan Yalpi Majlis kechiktirildi. @alisherQodir
Ippubblikat Ott 21
#TilimMeningQadriyatim 🙏 Joylarda "Til posbonlari" jamoatchilik nazorati aksiyasi o'tkazilmoqda 🖥 MTDP | Telegram
Hashtags
Ippubblikat Ott 21
#TilimMeningQadriyatim 🙏Hech qaysi xalqning ona tili kamsitilmasligi kerak. Barcha tillar barcha millatlarning Onalari kabidir. Bayram muborak bo'lsin! 🖥 MTDP | Telegram
Hashtags
Ippubblikat Ott 19
🙏#dayjest “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatiga oid eng muhim xabarlar tafsiloti 🖥MTDP | Telegram
Hashtags
Ippubblikat Ott 16
🙏O'zbek tili men uchun... 📌Fikringizni izohlarda qoldiring 🖥 MTDP | Telegram
Ippubblikat Ott 15
⚜️Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi Hamidjon Omanov tomonidan Asaka tumanidagi “Bolajon”, “Oydinoy”, “Kamalak” hamda bir qator oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yaqindan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, binolarning sanitariya va gigiyena talablariga muvofiqligi, oziq-ovqat ta’minoti, hojatxona va oshxonalarning sanitariya holati, isitish tizimlarining samaradorligi kabi bir qator yo‘nalishlar batafsil ko‘rib chiqildi. Yakunda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida talab darajasida bo‘lmagan holatlar, oziq-ovqat sifati va isitish tizimidagi kamchiliklar aniqlanib, tegishli choralar ko‘rish, kamchiliklarni bartaraf etish hamda soha faoliyatini takomillashtirish maqsadida yuqori tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalari yuborilishi belgilandi. 🌐@milliy_tiklanish_andijon
Ippubblikat Ott 14
🙏 Jajji Yasmin va uning oilasi "Milliy tiklanish" loyihasini qo'llab-quvvatlaydi 🖥 MTDP | Telegram
Ippubblikat Ott 1
Hurmatli ustozlar, aziz partiyadoshlar! 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Sizlarni chin qalbimizdan tabriklaymiz! Sizlar – maktab dargohida nafaqat bilim beruvchi, balki yosh avlod qalbiga Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va ezgu qadriyatlarni singdiruvchi buyuk tarbiyachilarsiz. Sizning fidoyiligingiz tufayli xalqimizning kelajagi yanada porloq, davlatimizning poydevori esa mustahkam bo‘lmoqda. Partiyamiz dasturida belgilanganidek, barkamol avlod tarbiyasi, ma’naviy yuksalish va ilm-fan rivoji yo‘lida qilayotgan xizmatlaringiz biz uchun bebaho boylikdir. Siz – partiyamizning haqiqiy tayanchi, jamiyatimizning ma’rifatparvar kuchisiz! Aziz ustozlar! Sizlarga sihat-salomatlik, bardavom kuch va shogirdlaringizning yuksak yutuqlaridan quvonch tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin! Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, partiyaning viloyat Kengashi raisi Hamidjon Omanov
Ippubblikat Set 2
📚 Yangi o‘quv yili – millat kelajagi uchun yangi qadam! “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Hamidjon Omanov Ulug‘nor tumanidagi 11-umumta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi. Tadbirda u o‘qituvchilar va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etar ekan, yoshlar tarbiyasida milliy g‘oya va ma’naviyatni mustahkamlash, ilmli, fidoyi avlodni voyaga yetkazish bugungi kunning eng ustuvor vazifasi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, “Kelajak soatlari” darsida ham qatnashib, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, milliy qadriyatlar va taraqqiyot yo‘lidagi dolzarb masalalar xususida fikr almashdi. Milliy tiklanish – bu avvalo ma’rifatli yoshlar bilan bog‘liq. 🌐@milliy_tiklanish_andijon
Ippubblikat Aww 31
Hurmatli yurtdoshlar! Bugun biz yurtimiz tarixidagi eng ulug‘ va qadrli bayram – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligini katta shodiyona bilan nishonlamoqdamiz. Bu kun – bizning orzu-intilishlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, erkin va farovon hayot sari tashlagan dadil qadamlarimizning ramzidir. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan islohotlar, xalqimizning fidokorona mehnati natijasida bugun O‘zbekiston butun dunyoda o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘ldi. Bu yutuqlarda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining ham o‘ziga xos o‘rni bor. Partiyamiz o‘z dasturiy vazifalarida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlar ongida milliy g‘urur va iftixorni mustahkamlash, ona tilimizning nufuzini oshirish kabi ezgu maqsadlarni belgilab olgan. Batafsil ✈️@Hamidjon_Omanov