TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MILLIY BOOKS | Andijon
MILLIY BOOKS | Andijon avatar

TGINSIGHT POST

Post #1618

@MilliyBooks

MILLIY BOOKS | Andijon

Viżjonijiet1,930Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatAww 1919/08/2023 06:09
Kontenut

Kontenut tal-post

#iqtibos Hadya Amr ibn Muhojir aytadi: «Bir kuni Umar ibn Abdul­azizning ko‘ngli olma tusab qolib, «Qaniydi hozir oldimizda olma bo‘lsa… Uning hidi ham shirin, ta’mi ham ajoyib», dedi. Shunda bir qarindoshi unga olma keltirdi. Elchi uni olib kelgach, Umar ibn Abdulaziz «Hidi qanday shirin, xushbo‘y! Buni bergan kishiga olib borgin-da salom aytib, «Bergan hadyangni sen yaxshi ko‘radigan joyga berdik», degin», dedi. Men: «Ey mo‘minlarning amiri, hadya bergan kishi amakingizning o‘g‘li, o‘zingizning qarindoshingiz-ku? Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadyani yeb, sadaqani yemaganlarini bilasiz-ku», dedim. Shunda xalifa: «Sho‘ring qurg‘ur, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga berilgan narsa hadya bo‘lar edi, bugun bizga berilyotgan hadya esa poradir», dedi». 📖"Taqvo ahlining go‘zal qissalari" kitobidan. Narxi 62.000 Manzil: Andijon, Eski shahar Moʻljal: Bosh jome(Devonaboy) masjidi yonida 🚕Yetkazib berish xizmati mavjud Murojaat uchun: +998952010909 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook