Kontenut tal-post
Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! 🇺🇿Azon oilasi nomidan barcha kitobxonlarni mustaqillik bayrami bilan muborakbod etamiz! Ustozlardan birining: “Biz ikki Hayit hamda Mustaqillik kunini bayram qilib nishonlaymiz” qabilidagi bitiklarini ko‘rgandik. Shu jumla biroz bizni tafakkurga chorlaydi. 70 yillik dahriy tuzum hukmronlik davridan mustaqil O‘zbekistonga aylangan kunni qanday nishonlamaylik? Ota-bobolarimizni qaroqchi, qoloq, ilmsiz, deya haqoratlab, maktablarda baralla aytgan bosqinchilardan xalos bo‘lganimizni nega nishonlamaylik? E’tiqodimizga rahna solgan, xalqni uyg‘otishga harakat qilgan insonlarni “quloq” qilgan zolimlardan qutilganimizni nega nishonlamaylik? Mustaqilligimizga 32 yil to‘ldi, istiqlol abadiy bo‘lsin!🎉 Azonkitoblari – Amal bilan ko‘rsating!