TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MILLIY BOOKS | Andijon
MILLIY BOOKS | Andijon avatar

TGINSIGHT POST

Post #1713

@MilliyBooks

MILLIY BOOKS | Andijon

Viżjonijiet2,140Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatSet 1414/09/2023 16:38
Kontenut

Kontenut tal-post

Ey oqila ayol! O‘z qarindoshlaring yoki turmush o‘rtog‘ingning qarindoshlari, tanish-bilishlari oldida eringning biron aybini aytib, uni uyaltirib qo‘yma. Bu yaxshi ish emas. Dinimizda ham bundan qaytarilgan. Uning bir gunohi boshqalarga ham ochilib ketsa, isloh bo‘lish o‘rniga qalbidagi to‘siq buziladi. Endi hech narsaga parvo qilmaydigan bo‘lib qoladi. Gʻururi gunohini ziyoda qiladi. Yaxshisi, turmush o‘rtog‘ingizga go‘zal muomala qiling. Mana shu yo‘l uni isloh qilishda manfaatliroq. U seni jon qulog‘i bilan tinglasin. Sening qalbing u haqida, uning taqvosi va solihligi yo‘lida g‘am chekishiga ering ishonch hosil qilsin. Uning qalbiyu tashini egallagin. Zeroki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Mo‘minlarning eng iymoni komili xulqi eng go‘zal bo‘lganlaridir”. Turmush o‘rtog‘ingning ayblarini berkit, Alloh taolo ham qiyomat kuni sening xatolaringni berkitadi. ©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad 📚«Oila — saodat maskani» kitobidan