Kontenut tal-post
Farzandlaringizga ishoning! Alloh taolo ishlarimga rivoj berib, katta imorat sotib oldim. Ko‘p o‘tmay sarmoya kiritib, o‘g‘illarim yordamida bu imoratni Savdo markaziga aylantirdik. Ko‘p qavatli imoratning har bir qavatini bittadan farzandimga bo‘lib berdim. Har bir farzandim o‘z ishiga mas’ul. Ishlarimiz binoyidek yurib turgan edi, lekin Allohning qazo-qadari ila birinchi qavatga mas’ul bo‘lgan o‘g‘lim to‘satdan vafot etdi. “O‘g‘limga savobi yetib tursin”, deya u boshqargan birinchi qavatda til o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etdik. Vafot etgan o‘g‘limning katta o‘g‘liga, ya’ni nevaramga ushbu o‘quv markazini boshqarishni topshirdik. Hozirda nevaram ham o‘z vazifasini dadasi kabi a’lo darajada uddalayapti. Aziz ota-onalar! Agar siz biror kattaroq vazifani farzandingizga topshirishga qo‘rqmasangiz, unga ishonsangiz farzandingizda ham o‘ziga nisbatan ishonch paydo bo‘lar ekan. Manashu ishonch mustaqil ish yuritishga, mustaqil fikrlashga undaydi. 📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan