Kontenut tal-post
#yangilik Mo'min Xotamzoda, «O'n sakkiz ming olam va islom» Ushbu kitobda biz, avvalo, bu dunyoda yashab o‘tgan payg‘ambarlar, podshohlar va buyuk allomalarning qissalarini moʻjaz tarzda hikoya qilyapmiz. Chunki Olamning yaratilishi ham Payg'ambar (nabiy)larga aloqador bo‘lgan. Chindan xam bu olamning tarixi avvalo payg'ambarlar, avliyolar, podshohlar bilan chambarchas bog'liqdir. Haq taolo bu olamni ular orqali sirli-mazmunli qildi. Barcha hikmatlar, qudratlar, ajoyibotlar, ilm va kitoblarni ular orqali bu olamga yubordi va bu olamni bezadi. Barcha balo-qazolarning kelishi va ularning daf bo‘lishi ular orqalidir. O‘zi beradigan dard, qayg'u - alam, tasodif, o‘t va suv balolari, sabr-toqat, ishonch, eʼtiqod ular orqali xalqqa yoyiladi. Payg‘ambarlarning boshiga tushgan kulfatlar va ularning o'zi tomonidan daf etilishi bir hikmat tariqasida olam ahliga yetkazildi. Mo‘minlar ulardan ibrat oladilar. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallandi. Narxi: 68 000 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook