Kontenut tal-post
🔷 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 3-mavsumini e’lon qiladi. 📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 23-aprelga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati: 🔴“Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” (Rey Bredberi) 🔴 “Otamdan qolgan dalalar” (Tog‘ay Murod) ✅Tanlov g‘olib va sovrindorlar quyidagi tartibda taqdirlanadi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – Acer noutbuk; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon; 🔵5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon; 🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon. ▶️Tanlov nizomi bilan tanishish 📍Manzilimiz 🌐Milliy Books