TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MILLIY BOOKS | Andijon
MILLIY BOOKS | Andijon avatar

TGINSIGHT POST

Post #2345

@MilliyBooks

MILLIY BOOKS | Andijon

Viżjonijiet3,040Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatMej 1010/05/2024 00:15
Kontenut

Kontenut tal-post

Do'stimiz ismi Oskar. Asli Angliyalik Londondagi nufuzli oligohlardan birida o'qir ekanlar. Uzbekistonga ilmiy ish yoqlagani kelibdilar. Naqshbandiya tariqati haqida. Tahminan suhbatimiz 3 soatlarcha bo'ldi. Asosan ingliz tilida keyin Arab mamlakatlarida yashaganimni aytganimda arab tilida gaplashaylik deb taklif bildirdi va suhbatimizni oxirlarida faqat arabcha gaplashdik. Arabchani yaxshi bilar ekanlar 2 yil Iordaniyada o'qigan ekanlar. Subhatimiz asosan tarix va naqshbandiya tariqati haqida bo'ldi. Uzb...da 1 hafta turishiga qaramay uzbek tilida ba'zi so'zlarni gapira olyapdi. Ruschada esa ancha masha Alloh. Krill yozuvini bemalol o'qiy olyapdi. Juda ko'p kitob o'qir ekanlar. Suhbatimizni oxirlarida o'z muallifimizdagi kitobni hadya qildim. Keyin ozim haqimda ham interview oldilar. Qo'limdan kelgunicha Islomni chiroylik ko'rsatishga harakat qildim va islomga chaqirdim. Insha Alloh dining juda go'zal ayniqsa tasavvuf dedilar va insha Alloh men ham kelajakda musulmon bo'laman dedilar. Hozir Qo'qon shahriga ketganlar ilmiy ishini davom ettirgani. Men bu bolaga havas qildim. Juda intiluvchan ekanlar. Qaniydi bizni ham yoshlar shunday bo'lsa. Aytishicha Angliyada kitobxonlik misli ko'rilmagan darajada rivojlangan ekan.