TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MILLIY BOOKS | Andijon
MILLIY BOOKS | Andijon avatar

TGINSIGHT POST

Post #2640

@MilliyBooks

MILLIY BOOKS | Andijon

Viżjonijiet2,510Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatSet 1212/09/2024 05:59
Kontenut

Kontenut tal-post

Eng buyuk inson haqida eng katta kitob Maykl Xart qalamiga mansub “100 nafar eng buyuk tarixiy shaxs” kitobi 1978-yilda nashr etilgan. 1992-yilda esa qayta chop etilgan. Muallif asarida dunyoning eng buyuk insoni sifatida payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomni keltirgan. 2017-yilda Abu-Dabi shahrida dunyodagi eng katta kitob ko‘rgazmaga qo‘yiladi. Kitobning og‘irligi 1,5 tonna edi. Kitob 30 nafar olim va 300 nafar xodim tomonidan tayyorlangan. Ular kitob ustida 4 yil mehnat qilgan. Kitob egasi asarning 22 ta xalqaro va mahalliy mukofotlarga loyiq topilganini va Ginnesning Rekordlar kitobidan faxrli o‘rin egallaganini o‘z intervyusida taʼkidlab o‘tgan. Ushbu kitobni Muborak Ramazon oyi davomida Al-Vahda Mall savdo markazida tomosha qilish mumkin ekan. Bu ikki kitobning bog‘liqligi nimada, bilasizmi? Birinchisida, Payg‘ambarimiz alayhissalom dunyodagi eng buyuk inson sifatida keltirilgan bo‘lsa, eng katta kitob butunlay Payg‘ambarimiz alayhissalomga bag‘ishlangan. Ikkinchi kitob nomi “Bu Muhammad sollallohu alayhi vasallam” deb nomlangan. 📍Manzilimiz 🌐MILLIY BOOKS 👨🏻 Umumiy +998952010909 🧕 Ayollar +998959690919