Kontenut tal-post
#ibrat Bitta kitob uchun Farg'onadan Andijonga kelyapdi. Kecha menga ma'rifat uyi nashriyotida tel qilishdi. - Sizlarda ibn Sinoni Tib kitobi qolganmi? Men - Ha dedim. Bit to'plami qolgan dedim. Nashriyot xodimi, bo'shakni bir talaba bolaga berdi. - Qori aka men bu kitobni izlab Farg'onadan Toshkentga keldim. Iltimos men uchun saqlab qo'yin. Men Albatta, borib kitobni xarid qilaman dedi. Narxini so'rab ham o'tirmadi. Men mayli bemalol dedim. O'zim Farg'onaga yuborvoraman dedim. Ukamiz Tib qonunlari kitobini bizni do'konda borligidan juda hursand bo'lib hayajon va shavqini his qila oldim. Tib qonunlar kitobi hurmatidan do'konimizga tashrif buyurishini eslatdi. SubhanAlloh, kitobni qadri shuncha bo'lsa- ya deb yubordim. Aka bu kitob o'ta qiymat narsa dedi. Bu kitob uchun yerni chekasiga borishga ham tayyorman dedi. Aziz kitobxon sizda ham shu holat bo'lganmi? Siz ham qidirgan kitobingizni topganizda qanchalik hursand bo'lgansiz? Ilm oshiqlari shunaqa bo'ladi. Ammo bu kitob bizda kamida 4 oy sotilmay turdi. Qiziq aaa. Shunday noyob kitobimiz borligidan faxrlanib ketdim. Siz Ibn Sino kitobi haqida nima bilasiz?