Kontenut tal-post
#Tavsiya O'zbek adabiyotining asoschilaridan biri Abdulla Qodiriynining hayoti va ijodi g'oyat boy sermazmun. Atoqli so'z san'atkorning ijodini ilmiy o'rganish u hayotligidayoq boshlangan. Vaqt o'tishi bilan Abdulla Qodiriy ijodi yanada salmoq va mazmun kashf etdi. Adib shaxsiya qiziqish ortdi. Qo'lingizdagi kitob adibning o'g'li, taniqli qalamkash va shifokor Habibulla Qodiriy qalamiga mansub. Asar muallifi Abdulla Qodiriy hayoti, asarlarining yozilish tarixi haqida maroq bilan hikoya qiladi. Muallif faqatgina otasi haqida ma'lumot berib qo'ya qolmay, balki yigirmanchi-o'ttizinchi yillarda yashab ijod etgan ko'pgina adiblar, olimlar haqida ham, Abdulla Qodiriyninh rus yozuvchilari bilan do'stona munosabatlari borasida ham so'z yuritadi. Bu asar o'sha davr adabiyotini, madaniy hayotini o'rganishda qimmatli manbadir.