Kontenut tal-post
#Tavsiya farzandlaringiz uchun Efe va do'stlarining mashhurlik ilinjida boshidan kechirgan sarguzashtlarini yetti uxlab ham tushingizda ko'rmagansiz! Efening ijtimoiy tarmoqlardagi haddan ortiq mahzunli, alamli postlari do'stlari orasida mazax mavzusiga aylanadi, olasining esa fig'onini falakka chiqaradi. Natijada, Efega internetdan foydalanish qat'iyan man etiladi. Ammo bu taqiq shunday g'aroyib bir loyiha bilan buzib o'tiladiki, hamma hayratdan yoqa ushlaydi. Efe va do'stlari bir zumda mashhur bo'lib ketishadi, biroq bu shuhrat ular orzu qilgandek shirin bo'lib chiqmaydi. Internet olamining shafqatsiz va qorong'u yuzi bilan ilk bor to'qnash kelgan qahramonlarimiz ustozlari yordamida ajoyib reja tuzib, vaziyatdan chiqib ketishadi. Bu yo'lda do'stlik sinaladi, goh. ko'z yosh, goh shodon kulgi yangraydi. Yakunda esa ... Hayrat bilan boshlanib, bir nafasda o'qiladigan va qalbingizni iliqlikka to'ldiradigan bu sarguzashtni qo'ldan boy bermang!