TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MILLIY BOOKS | Andijon
MILLIY BOOKS | Andijon avatar

TGINSIGHT POST

Post #5180

@MilliyBooks

MILLIY BOOKS | Andijon

Viżjonijiet1,750Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatMej 606/05/2026 08:19
Kontenut

Kontenut tal-post

Bildirish O'zim haqimda Men — Abdusattar. 23 yoshimda Allohning fazli ila Qur’oni karimni to‘liq yod oldim. Bu hayotimdagi eng katta sharaf edi. Allohning kalomini yodlab, hayotimni ilm va xizmat yo‘liga bag‘ishlashga qaror qildim. Savdo ilmini o‘rganish niyatida bir savdogarning shogirdi bo‘ldim. Shu orada arab tilini ustozlardan, ingliz tilini esa bolaligimdan — Oksfordda o‘qish orzusi bilan — puxta o‘rganib keldim. 2011-yilda Malayziyaga borib, biznes boshqaruvi (business management) yo‘nalishida tahsil oldim. So‘ngra Dubayda, nufuzli brendlardan birida qimmatbaho toshlar savdosi bilan shug‘ullandim. Ammo yuragimdagi ilmga chanqoqlik so‘nmagan edi. Dubayda istiqomat qilganimda, mashhur tasavvuf olimi Shayx Muhammad Eid rohimahullohdan tafsir va hadis ilmlarini o‘rgandim. Zikr va qalbni uyg‘otuvchi mavzularda maqolalar tarjima qilib, ularni kitob holiga keltira boshladim. Yurt sog‘inchi meni qayta uyg‘otdi. O‘z xalqimga ilm bilan xizmat qilish niyatida Vatanga qaytdim. Va shu yurakdagi ishonch bilan Milliy Books kitob do‘konini Alloh taoloning fazli ila ochdik. Avvaliga og‘ir bo‘ldi — kitob sotish biriliant va yoqut toshlar sotishdan ham mushkul tuyuldi. Ko‘p bora nafs bilan kurashdim, “yopib yuborsammi?” degan damlarim bo‘ldi. Ammo niyatimni yangilab, sobit qadamlikda davom etdim. Bugun esa shukr qilaman — xalqimiz kitobga qaytmoqda, biz esa xizmatdamiz ✍️ Kitoblarim ham shu yo‘lning mevasidir: 📘Birinchi kitobim — “Alloh taolo sizni eslashini xohlaysizmi?” 📕Ikkinchi kitobim — “Alloh taolo sizni sevishini xohlaysizmi?” 📖 Uchunchi kitobim - "Alloh taolo baraka berishini xohlaysizmi?" 📖 To'rtinchi kitobim - "Alloh yo'lida do'st bo'lishlikni xohlaysizmi?" Tez kunlarda sotuvga chiqish arafasida.. Ilm va ixlos yo‘lidagi har bir qadamimizda siz, aziz kitobxonlarim bilan birgamiz. Siz borsiz — demak, bu yo‘l davom etadi.