TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← MILLIY BOOKS | Andijon
MILLIY BOOKS | Andijon avatar

TGINSIGHT POST

Post #5226

@MilliyBooks

MILLIY BOOKS | Andijon

Viżjonijiet1,950Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatMej 1616/05/2026 08:49
Kontenut

Kontenut tal-post

Kitob tavsiyasida eng muhim narsa — kitobxonning tavsiyasi. Bugun ko‘plab kitoblar reklama sabab trendga chiqmoqda. Lekin haqiqiy foydali kitob reklama bilan emas, kitobxonga bergan ta’siri bilan qadrlanadi. Bir inson bu kitobni o‘qishdan avval qanday fikrlardi? Dunyoqarashi qay darajada edi? Kitobni o‘qigach esa fikri, bilimi va hayotga qarashi qanchalik o‘zgardi? Asl mezon mana shu. Chunki yaxshi kitob shunchaki vaqtni to‘ldirmaydi — insonni o‘zgartiradi. Fikrni o‘stiradi. Saviyani ko‘taradi. Hayotga boshqacha nigoh bilan qarashni o‘rgatadi. Shuning uchun kitob tanlashda trendga emas, kitobxonning hayoti va fikriga qanchalik ta’sir qilganiga qarang