Kontenut tal-post
Musulmonlar farzandlarini qanday tarbiya qiladilar? Bu savolga javob berolmaydigan ota-onaning holi, xuddi, mutaxassis boʻlmagan ustaning bir narsani toʻgʻirlayman, deb uni buzib qoʻyishiga oʻxshaydi. Bunday ota-onaning tuzatishi buzish, taʼmirlashi yakson qilish boʻladi. Qadimgi ulamolar «Kattalarning ozuqasi kichiklarga zahar hukmidadir», deyishgan. Endi tugʻilgan chaqaloqqa sut emas, goʻsht bergan ota-ona bolasini oʻldiradi. Bolaga sut paytida goʻsht, oʻyin paytida kitob berilmaydi. Oʻynamagan bola kitobsiz oʻquvchiga oʻxshaydi. Oʻquvchi kitob bilan ustozning oʻrgatganlarini, bola esa oʻynab hayotni oʻrganadi. Kelajakda boʻyniga yuklanadigan vazifalarga oʻyin oʻynab tayyorlanadi. Shu bois ham oʻgʻil bolalar mashina, qiz bolalar qoʻgʻirchoq oʻynashadi. Oʻyindan bebahra ulgʻaygan bolalar esa, jamiyatda uyushmaydi, burchlarini sidqidildan bajarishda sezilarli darajada kamchiliklarga yoʻl qoʻyadilar. 📚 Farzand tarbiyasi kitobi - Ihsan Shenojak;