Kontenut tal-post
#transport_qonunchiligi Mehnat va dam olish rejimini buzganligi uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda! O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1118 sonli Qonuni qabul qilindi. Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-modda toʻrtinchi qismiga quyidagi tahrirda o‘zgartirish kiritildi: “xalqaro avtomobil tashuvlarini hamda M3 va N3 toifali avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharlararo (400 km va undan ortiq masofada) tashishni raqamli nazorat uskunalarisiz (taxografsiz, nosoz taxografdan foydalangan holda yoki taxografni o‘chirib qo‘ygan holda, haydovchining taxografda foydalaniladigan kartaga ega bo‘lmagan holatida) amalga oshirish, shuningdek xalqaro va shaharlararo avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini buzishi, — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Mazkur Qonun 2026-yil 10-maydan kuchga kiradi. Усиливается ответственность за нарушение режима труда и отдыха! Принят Закон Республики Узбекистан № ЗРУ-1118 "О внесении изменений и дополнений в некоторые законодательные акты Республики Узбекистан, направленных на совершенствование системы организации транспортного обслуживания". Законом внесено изменение в часть четвертую статьи 125 Кодекса об административной ответственности в следующей редакции: "Осуществление международных автомобильных перевозок, а также междугородных (на расстояние 400 км и более) перевозок пассажиров и грузов автотранспортными средствами категорий M3 и N3 без цифровых контрольных устройств (без тахографа, с использованием неисправного тахографа или с отключенным тахографом, при отсутствии у водителя карты, используемой в тахографе), а также нарушение водителями режима труда и отдыха при осуществлении международных и междугородных автомобильных перевозок, — влечет наложение штрафа в размере семикратной базовой расчетной величины". Настоящий Закон вступает в силу с 10 мая 2026 года.