Kontenut tal-post
Transport vaziri yoshlar bilan uchrashdi Mamlakatimizda yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bugun, payshanba “Yoshlar kuni” munosabati bilan Transport vaziri Ilhom Maxkamov Toshkent metropolitenida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv avvalida vazir davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan mamlakatimiz transport tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib, ushbu jarayonlarda yoshlarning o‘rni va rolini alohida ta’kidladi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yosh mutaxassislarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish, ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tadbir davomida yoshlarning innovatsion g‘oyalari, tashabbuslari va kelgusidagi rejalariga e’tibor qaratilib, ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Muloqot jarayonida faol va tashabbuskor yoshlarning takliflari alohida e’tirof etildi. Ularni amalga oshirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. Uchrashuv yakunida faol va tashabbuskor yoshlarning bir guruhi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Министр транспорта встретился с молодёжью Укрепление открытого диалога с молодёжью, поддержка её идей и инициатив, а также содействие в поиске своего места в жизни являются одними из приоритетных направлений государственной политики нашей страны. Сегодня, в четверг, в рамках "Дня молодёжи" министр транспорта Илхом Махкамов провёл встречу с молодыми сотрудниками Ташкентского метрополитена. В начале встречи министр особо остановился на реформах, осуществляемых по инициативе главы нашего государства в целях развития транспортной системы страны, и подчеркнул место и роль молодёжи в этих процессах. На встрече, прошедшей в формате открытого диалога были выслушаны предложения и инициативы молодых специалистов, а особое внимание было уделено содействию их профессиональному росту и обсуждению проблем, возникающих в процессе работы. Также в ходе мероприятия особое внимание было уделено инновационным идеям, инициативам и планам молодёжи на будущее, обсуждались вопросы их практической реализации. В процессе диалога были особо отмечены предложения активной и инициативной молодёжи. Были определены соответствующие задачи по их реализации, повышению социальной активности и их поддержке. В завершение встречи группа активной и инициативной молодежи была награждена памятными подарками.