TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Lura għall-lista tal-kanali
Taomlanish ilmi avatar

TGINSIGHT CHAT

Taomlanish ilmi

@Taomlanish_ilmi

Health and Fitness

📚 Taomlanish orqali salomatlik muammolariga yechim izlaydigan o‘zbek tilidagi ilmiy-amaliy kutubxona: nima yeyish-yemaslik, mahsulot tanlovi, retseptlar va menyular — dalillarga asoslangan holda. 🎓 Muallif: @doctorferuz 📥 Reklama: @taomlanish_ads

Abbonati2.3万Abbonati attwali
Postijiet immonitorjati1,016Għadd ta' postijiet indiċizzati
Raġġ reċenti237,770Somma tal-viżjonijiet reċenti
Postijiet reċenti

Postijiet reċenti

Paġna 1 minn 85 · 1,016 postijiet

Ippubblikat Mej 26

52. ZAYTUN MOYI Zaytun moyi oddiygina yog‘ emas — u polifenollar deb ataladigan kuchli antioksidantlar omborxonasi. Ularning ichida eng muhimi — gidroksitirozol va oleuropein moddalari. Qon tomirlari devoriga doimiy zarar yetkazadigan "aybdorlar" — erkin radikallar va surunkali yallig‘lanishdir. Zaytun moyidagi polifenollar bu ikki "hujum"ni ham kamaytiradi: erkin radikallarni neytrallaydi va yallig‘lanish jarayonlarini bostiradi. Natijada qon tomirlar elastik va sog‘lom boʻladi. Yevropa Oziq-ovqat Xavfsizligi Agentligi (EFSA): zaytun moyi tarkibida 20 gramm uchun kamida 5 mg gidroksitirozol va uning hosilalari bo‘lsa, qon lipidlarini oksidlanishdan himoya qiladi deb rasman tan olingan. 17 ta klinik tadqiqotni o‘rgangan sistematik tahlil ko‘rsatdiki: tabiiy zaytun moyini qabul qilish yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiruvchi ko‘rsatkichlarni yaxshilaydi. 💡 Amaliy xulosa: Kunda 1-2 osh qoshiq tabiiy zaytun moyini (extra virgin) salatga yoki tayyor taomga qo‘shing, qizdirmang. Chunki qizitish polifenollarni yo‘qotadi. 🔗Manba @taomlanish_ilmi

3,090 views

Ippubblikat Mej 24

51. YONG‘OQlar — yurak va bosh miya uchun Yong‘oq — tabiatning "miya shaklidagi" sovg‘asi: tasodifiy emas, u ham ko‘rinishi, ham ta’siri jihatidan bosh miyaga o‘xshaydi. Tarkibida omega-3 yog‘ kislotalari (ALA), antioksidantlar va pollifenollar bor. Mexanizm quyidagicha: ALA yog‘ kislotasi qondagi "yomon" xolesterinni (LDL) kamaytiradi → tomir devoriga yog‘ cho‘kishi sekinlashadi → yurak xastaligi xavfi pasayadi. Miyada esa antioksidantlar yallig‘lanishga qarshi ishlaydi → neyronlar o‘rtasidagi aloqa yaxshilanadi → xotira va diqqat kuchayadi. Harvard Nutrition Source ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘oq va boshqa yong‘oqsimonlarni muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini pasaytirishi aniqlangan. Yong‘oq iste’moli insult xavfini kamaytirishi bo‘yicha ham alohida ta’kidlangan. Kuniga bir hovuch (taxminan 28 g) yong‘oq — bu eng oddiy va arzon "yurak dori"si. 💡Amaliy xulosa: Kunda bir hovuch yong‘oq yeyish — yurakni ham, miyani ham bir vaqtda qo‘llab-quvvatlaydi. [Manba] @taomlanish_ilmi

5,870 views

Ippubblikat Mej 23

50. MAGNIY (Mg) — uyqu, asab va mushaklar uchun muhim mineral Magniy (Mg) — tanada 300 dan ortiq fermentativ jarayonda qatnashadi. Uning asosiy vazifalari: mushak va asab tizimini boshqarish, qon bosimini tartibga solish. Magniy asab hujayralarida "tormoz" vazifasini bajaradi: u NMDA retseptorlarini bloklab, ortiqcha qo‘zg‘alishni to‘xtatadi. Xuddi mashinaning tormoz tizimi kabi — agar yo‘q bo‘lsa, asab "tormozlanmay" ishlaydi: uyqu buziladi, mushaklar taranglashadi va tortishadi. Mushaklar uchun ham shu mexanizm: Magniy qisqargan mushakning bo‘shashishini ta’minlaydi. Yetishmasa — oyoq tortishishi, ko‘z qovoq titroqi (uchishi), uyqudagi mushak qisqarishlari paydo bo‘ladi. NIH ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘pchilik kattalar kundalik Mg me’yorini ovqat orqali yetarlicha olmaydi. Mg’ga boy mahsulotlar: qovoq urug‘i, loviya, yong‘oq, yashil bargli sabzavotlar, budun donli (kepakli) non. 💡Amaliy xulosa: Kechqurun oyog‘ingiz tortishsa yoki uyqu qochsa — kunlik ratsioningizda magniyga boy mahsulotlar yetarlimi, tekshiring. [Manba] @taomlanish_ilmi

7,580 views

Ippubblikat Mej 22

49. ANEMIYA (kamqonlik) muolajasi — Temirga boy taomlar Retsept: — Qizil go‘sht, jigar, tovuq go‘shtini haftada 3-4 marta iste’mol qiling. Bunday mahsulotlardagi "gem-temir" (Fe) ichaklarda eng oson so‘riladi — bu nongem-temirga qaraganda ancha samarali. — Sabzi, olma, loviya, no‘xat, soya va qovoq urug‘larini ratsioningizga qo‘shing. Bu o‘simlik mahsulotlarida ham Temir (Fe) ko‘p, lekin so‘rilishi uchun yoniga vitamin C zarur. — Temir (Fe) bilan birga limon, apelsin, pomidor yoki (qizil, sariq va yashil rangdagi) bulg‘or qalampirlarni (vitamin C) iste’mol qiling. Vitamin C nongem-temirni so‘rilishini sezilarli oshiradi: ichakda Temir ionlarini so‘rilishga qulay shaklga o‘tkazadi. — Choy va qahvani ovqat vaqtida ichmang. Ulardagi tannin va polifenoller temirga birikib, so‘rilishini keskin kamaytiradi. Ovqatdan 1 soat o‘tib iching. — Sut va sut mahsulotlarini ham temir bilan birga iste’mol qilmang — Kalsiy (Ca) ham temir so‘rilishiga raqobat qiladi. 💡Amaliy xulosa: Har kuni bir taomda temirga boy mahsulot + vitamin C manbai bo‘lsin, qahva va choyni ovqatdan 1-2 soat keyin iching. Lekin oddiy suv ichishda cheklov yo‘q. @taomlanish_ilmi

9,130 views

Ippubblikat Mej 21

48. GIPERTONIYA (qon bosimini ortishi) muolajasi — DASH diyetasi Retsept: — Tuzni kamaytiring (kunda 1 choy qoshiqdan kam, ya’ni 2300 mg natriy). Natriy qon tomirlaridagi suyuqlik hajmini oshiradi → qon bosimini ko‘taradi. Tuzni kamaytirish bu zanjirni teskari yo‘nalishga buradi. — Kunda 4-5 porsiya sabzavot va 4-5 porsiya meva yeng. Ulardagi kaliy natriy ta’sirini neytrallaydi → tomir devorlariga bosim kamayadi. — Yog‘siz sut mahsulotlarini (kefir, tvorog, qatiq) kunda 2-3 marta iste’mol qiling. Kaltsiy va magniy tomir mushaklarini bo‘shashtiradi → qon bosimi tushadi. — Qizil go‘sht, qovurilgan taom va tayyor kolbasa mahsulotlarini kamaytiring. Ularning to‘yingan yog‘lari tomir devorlarida yallig‘lanishni kuchaytiradi → bosim barqarorlanmaydi. — Kunda 30 daqiqa piyoda yuring yoki suzib yuring. Jismoniy faollik yurak ritmini muvozanatlaydi va tomir elastikligini saqlaydi. DASH (Diyetary Approaches to Stop Hypertension) diyetasini 459 kishi ustida o‘tkazilgan klinik tadqiqot sistolik bosimni o‘rtacha 11 mm.simob.ust. ga tushirishi isbotladi. Keyinchalik 100,000+ ishtirokchilik meta-tahlil bu natijani tasdiqladi. 💡 Amaliy xulosa: Har kuni osh tuzini kamaytiring va tarvuz, banan, kartoshka kabi kaliyga boy mahsulotlarni ko‘paytiring — bu ikki oddiy qadam qon bosimini sezilarli tushiradi. @taomlanish_ilmi

10,200 views

Ippubblikat Mej 19

@taomlanish_ilmi qaytmoqda. Bu safar ancha jiddiyroq. Men bu kanalni oddiy “foydali maslahatlar” joylanadigan sahifa emas, taomlanish orqali salomatlik muammolariga yechim izlaydigan o‘zbek tilidagi eng ishonchli, eng amaliy va eng tushunarli manbalardan biriga aylantirish niyatida edim. Endi shu ishni boshlaymiz... Bu yerda semizlik yoki ozish haqida gapirmaymiz. Buning uchun alohida kanal (@doctorferuz) bor. @taomlanish_ilmi esa boshqa yo‘nalishda ishlaydi: konkret salomatlik muammosi bor — biz unga ovqatlanish tomondan qanday yondashish mumkinligini tushuntiramiz. Masalan: qorin dam bo‘lishi, qabziyat, jig‘ildon qaynashi, oshqozon bezovtaligi, insulin rezistentligi, jigar yog‘lanishi, xolesterin, kamqonlik, bolalar ovqatlanishi, ichak mikrobiotasi, vitamin-mineral yetishmovchiligi, energiya yetishmasligi, uyqu, ishtaha, ovqat hazm bo‘lishi va boshqa real hayotdagi muammolar. Har bir mavzuda bitta savolga javob izlaymiz: Bu holatda odam nimani yeyishi kerak? Nimani kamaytirgani yaxshi? Qaysi mahsulot foydali? Qaysisi vaziyatni og‘irlashtirishi mumkin? Qanday menyu tuzsa bo‘ladi? Qanday retseptlar mos keladi? Eng muhimi — gaplar internetdagi “falon mahsulot mo‘jiza”, “pismadon narsa zahar” degan yuzaki tavsiyalar emas. Ma’lumotlar ilmiy tadqiqotlar, dalillarga asoslangan tibbiyot va real hayotga mos ovqatlanish tamoyillari asosida beriladi. Maqsadim oddiy: biror muammoga duch kelgan odam “endi nima yeyman?” deb sarson bo‘lmasin. @taomlanish_ilmi kanalidan tushunarli, amaliy va ishonchli javob topsin. Har kuni kamida bitta sifatli post chiqarish tizimi ustida ishlayapman. Tizim deyarli tayyor. Endi bu kanal asta-sekin taomlanish bo‘yicha katta ilmiy-amaliy kutubxonaga aylanadi. Agar sizga yoki yaqinlaringizga salomatlik, ovqatlanish, menyu, retsept va konkret muammolarda nima yeyish-yemaslik haqidagi ma’lumotlar kerak bo‘lsa — ularni hoziroq kanalga taklif qiling. Ishqilib, haliyam shu yerdamisizlar? Belgi beringlar. @taomlanish_ilmi

18,900 views

Ippubblikat Fra 18

Saharlik va iftorlikda qaysi taomlarni yeyish kerak? "Alohida mavzu"ning navbatdagi soni uchun doktor Dilshod Tursunov va doktor Feruz Yigitaliev bilan Ramazonda to'g'ri ovqatlanish mavzusida suhbat tayyorladik. Unda saharlik va iftorlik uchun eng kerakli tavsiyalar berildi. Suhbat davomida siz: Saharlikda qaysi taomlarni iste'mol qilish kerak? Nega ro'za tutib ham vazn tashlay olmaymiz? Iftorlikni nimadan boshlash kerak? Qanday qilib ro'za paytidagi chanqoqni kamaytirish mumkin? Shirinliklarni sog'lom qilish mumkinmi? Ovqatlanishda eng muhim narsa nima? Och qolganda oshqozonda yara paydo bo'ladimi? Ro'zador odam qachon mashq qilishi kerak? Shu va boshqa savollarga javob olasiz! 📌 Albatta, suhbatni tomosha qiling va yaqinlaringizga ham yuborib qo'ying: https://youtu.be/WrRliMrlt6k @alohidamavzu

24,400 views

Ippubblikat Fra 7

Ma’lumotlarni saralash jarayonidan kichik lavha O‘zingizga ish ko‘paytirishning eng oson va qisqa yo‘li — odamlardan ularning muammolari haqida so‘rang. @taomlanish_ilmi

28,700 views

Ippubblikat Fra 7

Hozirgacha 1282 ta murojaat kelib tushgan. Men ularni tahlil qilishni boshladim... 60-navbatga kelgunimcha yaqin 1 soat o‘tiribmaney, sababi ba’zi yozilganlarni o‘qish yoki tushunish juda qiyin bo‘lyapti. Hafa bo‘lmanglar yana, lekin yozayotganda biroz e’tiborli bo‘lib, telefondagi avtomatik to‘g‘irlab yuboradigan funksiyani o‘chirib qo‘yish kerak. Muammoning yechimi o‘zingizga keragu, lekin shunga qaramay juda sayoz va erinib ma’lumot bergansiz. Masalan, "Falon a’zoyimda maummo bor"... Bunday yozganlarga javob berolmayman, chunki fol ochish qobiliyatim yo‘q. Aslida aynan qanaqa muammo bor, nima bezovta qilyapti, belgilari qanaqa, balki qandaydir tashxis qo‘yilgandir, o‘sha nima tashxis va hokazolari haqida yozishingiz kerak edi. Formadagi muammolarni yozib chiqishim bilan, ularni ro‘yxatini shu yerga joylayman. Undan keyin navbati bilan yechim berishni boshlayman. Ozish, semizlik bilan bog‘liq yozgan muammolaringizni aksariyatiga @doctorferuz kanalimda javob berib bo‘lgan ekanman. Kanalga kirib, bir boshidan qarab chiqing. O‘zingiz uchun erinmang. Agar u kanalimda shu kungacha siz formada yozgan muammoning javobi yozilmagan bo‘lsa, o‘sha kanalimda bundan keyin javob berib boraman. Lekin bu (@taomlanish_ilmi) kanalimda Ozish va Semirish mavzusiga to‘xtalmayman. Aytgancha, muammosini batafsil yozganlarga va Takliflar berganlarga rahmat! @taomlanish_ilmi

27,500 views

Ippubblikat Fra 4

Bir kechada 702 kishi yozibdi 🤯 Kutmagandim lekin. Tez orada formani yopaman, chunki bularga hali javob berishim ham bor. Hali yozishga ulgurmagan boʻlsangiz, hoziroq forma havolasiga kiring. “Gap nima haqida ketyapti?” deganlar uchun, bitta tepadagi postni oʻqing. Keyin bir boshidan boshlaymiz… @taomlanish_ilmi

26,500 views

Ippubblikat Fra 3

To‘rt oylik sukunatimga qaramay, sabr bilan navbatdagi postlarni kutganlar uchun maxsus... 1. Agar sizda salomatlik bilan bog‘liq qandaydir muammo(lar) bo‘lsa, menga o‘sha muammongiz haqida batafsil yozishingiz mumkin. Ism va kontakt kerak emas, hammasi anonim. Yozishingiz uchun Forma beraman. 2. Yozganingizdan kelib chiqib, qanday taomlanish kerakligini, qaysi mahsulotlarni nisbatan ko‘paytirish yoki kamaytirish, balki cheklash kerak bo‘lganlari bordir, bular haqida tushuntirib beraman. (Afsuski, odatda bu haqida vrachlar hecham tushuntirmaydi. Shunchaki shablon tavsiyalar bilan cheklanadi...) 3. Savol(lar)ingizga (muammo(lar)ingizga) mos javoblarni shu kanalda, navbati bilan joylab boraman. Balki, shundan keyin kanalning bir qoshiq qonidan kecharsiz...🫣 Marhamat, Yozing:https://forms.gle/1vLpf8LsRWLNv4Hg8 @taomlanish_ilmi

26,300 views

Ippubblikat Set 17

47. Quvnoqlik, Diqqatni jamlash, Motivatsiyani Oshirish Olimlar Ruhiy holatimizga ta’sir qiluvchi ritmlar mavjudligini aniqlashgan. Ulardan ikkitasi uyqu vaqtida, qolgan ikkitasi uygʻonish vaqtida yuzaga keladi. Uygʻonish vaqtida yuzaga chiqadigan ritmlar Alfa va Betadir. Alfa ritmda — siz xuddi boʻshashgan, ammo hushyor boʻlasiz va ongingiz faol holatda boʻladi. Beta ritmi esa — shoshqaloqlikni ragʻbatlantiradi. Alfa ritmi — bu diqqatni jamlash, quvnoqlik, intilish kabi holatlarni yuzaga keltiradi. Bunga qanday erishish mumkin? 1. Agar siz yoqimli va sokin joyda dam olsangiz, bir yarim soatdan keyin bosh miyada Alfa ritmini faolligi ortadi. 2. Yoki ushbu ritmni hosil qilish uchun shunchaki Choy iching. Aniqlanishicha Choy ichgandan so‘ng bir necha daqiqa oʻtib organizm bo‘shashadi, lekin miyada faol Alfa ritmlari hosil boʻladi. Choyning Koʻk yoki Qora boʻlishi ahamiyatsiz, muhimi, sifatliboʻlishi kerak. @taomlanish_ilmi

49,600 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
PreċedentiPaġna 1 minn 85Li jmiss