TGINSIGHT CHAT
Xonaqoh ta’lim fondi
@Xonaqohfond
EducationFond Xonaqoh qishlog‘ida yoshlar ta’limini rivojlantirish maqsadida yaratildi. Fond ma’muriy jihatdan erkin tarzda ish olib boradi. Fond moliyalashtiruvchilari istalgan kishi bo‘lishi mumkin va aktivlari qanday sarflanayotganini kuzatib borishi mumkin.
Postijiet reċenti
Paġna 1 minn 6 · 68 postijiet
Ippubblikat Fra 17
Kamoliddin Rabbimovning “Erkin millat poydevori” kitobidan parcha @Xonaqohfond
Ippubblikat Fra 15
Ingliz tilini sifatli va zamonaviy usulda o‘rganishi uchun ajoyib imkoniyat. 👨🏫 O‘qituvchi haqida: Sayfullayev Jahongir, O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti, Ingliz tili filologiyasi fakulteti bitiruvchisi. Ingliz tilini o‘rgatishda chuqur bilim va tajribaga ega. 📚 Qaysi sinflar uchun: 5-6-7-8-sinf o‘quvchilari 🎁 IMTIYOZLAR: ✅ Bir oiladan ikki va undan ortiq farzand qatnasa, 50% chegirma ✅ Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun maxsus chegirmalar mavjud (batafsil ma’lumot olish uchun shaxsan murojaat qiling) 📍 Manzil: [Direktor bilan maslahatlashgan holda 45-maktab o‘quv binosi yoki eski mahalla binosida bo‘lib o‘tadi] Bog‘lanish uchun: +998 881859966 @jahongirr_s 👉 Farzandingiz kelajagi uchun hozir biz bilan bog‘laning. O‘rinlar soni cheklangan. Ingliz tili – dunyo eshigi! ✈️@Xonaqohfond
Ippubblikat Fra 15
Darvoqe, saxovatli bir inson tomonidan bizga 2 261 000 so‘m narxga ega kitoblar sovg‘a qilindi. ✈️@Xonaqohfond
Ippubblikat Fra 15
Sizda ajdodlarga, bobokalonlarga qanday savollar bor? ✈️@Xonaqohfond
Ippubblikat Fra 11
👍👍👍 👥🍔Tanlovda g‘olib bo‘ling va xorijga ta'lim sayohatini qo'lga kiriting! 💯 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi tomonidan o'tkaziladigan “Turon” maktab teatri respublika tanlovining yangi mavsumiga start berildi. 🎓TANLOVDA 👥 6–10-sinf o‘quvchilaridan iborat, 📌 8 nafardan oshmagan maktab jamoalari ishtirok etishlari mumkin. 🗂TANLOV BOSQICHLARI 😀Tuman (shahar) 😀Hududiy 😀Respublika bosqichlaridan iborat. 👥🍔An’anaga muvofiq respublika bosqichida g‘olib maktab jamoasi — ➡️XORIJGA TA'LIM SAYOHATI🗺 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. 🔔ESLATMA: Oldingi mavsumlarda respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolari tanlovda ishtirok eta olmaydi. Teatr — bu tarbiya maskani! RO'YXATDAN O'TISH ❗️https://t.me/turonteatri_bot 🔝TELEGRAM 🔝INSTAGRAM
Ippubblikat Fra 10
Bolalarda Alishev Navoiyni anglash imkoni paydo bo‘ladi Bugun Navoiy merosi yodga olayotgan ekanmiz, yana bir muhim yangilikni aytmasam boʻlmaydi. Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Navoiy asarlari asosida to‘liq metrajli animatsion film yaratish bo‘yicha ijodiy tanlov e’lon qilibdi. Tanlovda ishtirok etish uchun sinopsis, kreativ taqdimot va xarajatlar smetasi taqdim etilishi kerak. Hujjatlar 2026-yil 9-martgacha qabul qilinishi aytilyapti. Endi milliy adabiy merosimizni zamonaviy animatsiya orqali ham keng ommaga, ayniqsa, yosh avlodga yetkazishimiz mumkin. Qatnashmoqchi boʻlsangiz, tanlov shartlari bilan tanishish uchun havolaga kiring. Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 2-“A” uy Telefon: +998 55 511 15 05 (ichki 1005)
Ippubblikat Fra 10
Erkin A’zamning “Navoiyni o‘qigan bolalar” hikoyasidan parcha. 🚀@Xonaqohfond
Ippubblikat Fra 8
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Spichrayteri, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xayriddin Sultonov “Kelajak soati” darslari uchun eksklyuziv intervyu beribdi. Unda yozuvchi va jamoat arbobining Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsi, ijodi haqidagi mulohazalarini tinglang. Eslatma: Videokontent oʻrta (5–8) va yuqori (9–11) sinf oʻquvchilari hamda OTM talabalari uchun tayyorlangan. 📹https://youtu.be/29DhU6CVEr8?si=4U_82jGuR-FTl7ks ✈️@Xonaqohfond
Ippubblikat Fra 8
📖Kutubxonamizda o‘zbek, rus va ingliz tilidagi 450 dan ortiq turli xil janrdagi adabiyotlar mavjud. 📚Keling, mutola qiling. 💸Kutubxonamizdan foydalanish bepul! @Xonaqohfond
Ippubblikat Fra 4
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Venetsiyadagi 2026-yilgi Xalqaro san’at biyennalesi doirasidagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy pavilioni va parallel ko‘rgazma loyihasida faoliyat yuritish uchun mediatorlar lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi. Biz kimlarni izlayapmiz? Zamonaviy san’atga qiziqqan, ingliz tilini biladigan O‘zbekistonlik talabalar, bitiruvchilar va yosh mutaxassislar. Sizni nimalar kutmoqda? — Dunyoning eng yirik san’at tadbirlaridan birida ishlash imkoniyati — Yashash, aviachipta va sug‘urta bilan ta’minlanish — Xalqaro tajriba va professional rivojlanish Arizalar topshirish muddati: 🗓 2026-yil 22-fevral, soat 11:59 gacha (Toshkent vaqti bilan) 📩 [email protected] Xat mavzusi: Open Call — Mediator, Art Biennale 2026 Batafsil ma’lumotlar Jamg‘armaning rasmiy veb-saytida.
Ippubblikat Fra 4
G‘allaorolda janubiy afrikalik o‘qituvchi ingliz tilidan saboq berib kelmoqda Tumandagi 44-sonli maktabda Janubiy Afrika Respublikasidan kelgan o‘qituvchi Penalope Nalinining o‘quvchilar bilan ochiq darsi tashkil etildi. Samimiy mashg‘ulot mehmonlarda ham iliq taassurot uyg‘otdi. Penalope Nalini G‘allaorol go‘zal joy ekanligini ta’kidlar ekan: "Hamkasblarimning doimiy qo‘llab-quvvatlashi ham nihoyatda muhim bo‘ldi. Ularning mehribonligi, yo‘l-yo‘riqlari va hamjihatlik ruhidagi ishlari bu yerga moslashuvimni juda yengillashtirdi. Bunday fidoyi va mas’uliyatli mutaxassislar bilan birga ishlash mening pedagogik tajribamni boyitdi va 44-maktabni shunchaki ish joyi emas, balki ikkinchi uyimga aylantirdi" deya qo‘shimcha qildi. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Ippubblikat Fra 4
📚Kitobsevar yoshlar bellashuvi! 🖐G‘allaorol tumanida “Yosh kitobxon” tanlovining 10–14 va 15–19 yosh toifalari o‘z yakuniga yetdi. Ushbu tanlov yoshlar orasida kitob mutolaasini keng targ‘ib etish, bilimga chanqoqlikni oshirish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qildi. Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarining bilim saviyasi, tafakkuri va kitobga bo‘lgan mehrini namoyon etdilar. 📱Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇 ✅Telegram | 🌐Instagram| ✅Facebook| 📹YouTube| 🌐Sayt