TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Lura għall-lista tal-kanali
Kundaliknoma avatar

TGINSIGHT CHAT

Kundaliknoma

@aksiljohil

Humor and entertainment

Abbonati86Abbonati attwali
Postijiet immonitorjati1,017Għadd ta' postijiet indiċizzati
Raġġ reċenti889Somma tal-viżjonijiet reċenti
Postijiet reċenti

Postijiet reċenti

Paġna 1 minn 85 · 1,017 postijiet

Ippubblikat 26 ġurnata ilu

Kanalda yana bir bor qisqa tanaffus e'lon qilaman. Qachongacha bilmadim, lekin bir muddat post yozmay turaman.

73 views

Ippubblikat 26 ġurnata ilu

🇹🇷 Туркия президенти Ражаб Тоййиб Эрдўғон мамлакат конституциясини ўзгартириш вақти келганини айтди.

78 views

Ippubblikat 26 ġurnata ilu

Nvidia раҳбари Женсен Хуангга кўра, сантехник, электрик ва пайвандчилар (сварщиклар) учун «олтин давр» бошланмоқда.

77 views

Ippubblikat 28 ġurnata ilu

🇮🇱🇺🇸Нетаняху Трампнинг ёрдамидан воз кечмоқчи “Мен Америка молиявий ёрдамини нольга камайтиришни хоҳлайман, яъни хавфсизлик ҳамкорлигининг молиявий қисмини. Ҳозирда Исроил АҚШдан ҳар йили 3,8 млрд доллар олади. Менимча, қолган ҳарбий ёрдамдан аста-секин воз кечиш вақти келди,” деган Исроил Бош вазири Бинямин Нетаняху CBS телеканалига берган интервьюсида. Батафсил Gorizontда...

71 views

Ippubblikat 28 ġurnata ilu

Vijdon Vijdon faqat insonning butun hayot tarzi, u yashayotgan dunyosi va uning shu dunyodan orttirgan bilimiga bogʻliq: avtokratning vijdoni demokratnikidan, oligarxning vijdoni mehnatkashnikidan, tobe davlatparastning vijdoni tanqidiy tafakkurga ega hur insonnikidan, kredit va isteʼmol qulligiga moslashgan oʻrta sinf vakilining vijdoni esa tarixiy xotirasini yoʻqotmagan oddiy fuqarolarnikidan hamda erkakning vijdoni ayolnikidan tubdan farq qiladi. Hayotni ong belgilamaydi, aksincha, inson ongini hayotning ijtimoiy shart-sharoitlari belgilaydi. Savol: haqiqiy demokratiya oʻzi nima? Javob faqat oʻzingizda, xohlagan narsangizni yozishingiz mumkin!

67 views

Ippubblikat Mej 8

Xotira va qadrlash kunida urushda qurbon bo'lgan barcha mazlumlarning xotirasi haqqi hurmati shuni aytib o'tgan bo'lardimki, bu urush turli mafkuralar , yoki ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi muqaddas to'qnashuv emasdi. Bu bir gala manfur kishilarning manfaatlari yo'lidagi qirg'in-barot edi xolos. So'zimni Erix Mariya Remark iqtibosi bilan yakunlamoqchiman: Bo'lganda hamma barobar, bo'lmasdi urush zang'ar.

80 views

Ippubblikat Mej 8

8-may 1945-yil Milliy Sotsialistlarning totalitar tuzumi o'rnatilgan Germaniya taslim bo'ldi, Berlin quladi. Post-Sovet hududida ushbu kun tarixiy xotirada alohida iz qoldirdi. Rossiya bu kunni g'alaba kuni deb nishonlaydi. Ikkinchi jahon urushida Sovet Ittifoqi o'z aholisining 13 foizini yo'qotdi. Qurbonlar soni taxminan 27 million. Germaniya esa 9 foiz aholisini qurbon qildi, qurbonlar sannog'i taxminan 8 million atrofida. Qo'shma Shtatlarda bu kun alohida ahamiyat kasb etmaydi, chunki, 1945-yil may oyida ham Tinch ummoni havzasidagi urush hanuz davom etyotgan edi. Shak-shubhasizki, urushda halok bo'lgan barchaning xotirasi hurmatga sazovor. Lekin, afsuski, tarixni faqat g'oliblar yozishi sababli xotirasi qadrlanadiganlar ham faqat g'oliblar bo'lib qolgan. Dunyo tartiboti nega bu qadar qo'shstandartlarga boy ekaniga hayratlangan paytim, aslida u qo'shstandartlar ustida qurilgan degan xulosaga bordim. Germaniya taslim bo'lgach 1946-yil Nyurnbergda milliy sotsialistlar tuzumining ko'plab yetakchilari genosid ayblovi bilan xalqaro sudda dorga osilgan. Bir qarashda tarixiy adolat tiklangandek. Lekin, bu munofiqlikning, qonunlar va huquqlar faqat bir tomonlama ishlashining yaqqol namunasi edi. Shubhasiz, Yahudiy jamoatiga qarshi uyushtirilgan Holokost insoniyatga qarshi jinoyat. Bu jinoyatga qo'l urganlar esa oliy jazoga loyiq. Biroq, bu haqiqatning yarmi xolos. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi tarixni o'rganganlarga yaxshi ma'lumki urushdan keyin Germaniya ikkiga bo'linadi, Sharqiy va G'arbiy Germaniya sovuq urushda ikki lager tarkibida qolib ketadi. Masala shundaki, bu davlatlar 1949-yilda tashkil etiladi. 1945-1949-yillarda esa Germaniya hududida harbiy nazorat o'rnatiladi. General gubernatorlik. Ushbu yillarda AQSh-Britaniya-Fransiya harbiy nazorati o'rnatilgan hududlarda 600 mingdan ortiq, SSSR nazorati o'rnatilgan hududlarda esa milliondan ortiq ayollar zo'rlanadi, qarshilik ko'rsatganlar esa o'sha zahotiyoq qatl qilinadi. Zo'rlashdan tug'ilgan bolalarga to 50-yillargacha onalarining familiyasini olishga ham ruxsat etilmaydi. Urushda asir tushgan Germaniya askarlari ham urush tugaganiga qaramay 50-yillarga qadar Sibirdagi konsentratsiya lagerlarida saqlanadi (xuddi qatag'on qurbonlari bilan bir xil sharoitda). Stalin o'limidan keyingina vatanlariga qaytish imkoniga ega bo'ladilar. Albatta, g'oliblar Yevropa xaritasini qayta chizishga kirishadilar, o'zlariga kerakli yerlarni zabt etgach esa "hududiy yaxlitlik" atamasini xalqaro huquqqa kiritib qo'yadilar. Ikkinchi Jahon urushidan avval Gitler hukumatiga qarshi eng katta norozilik namoyishlari bo'lib o'tgan Strasburg shahri bugungi kunda Fransiyaning bir qismi ekanini ko'rish hayratlanarli emas. Sharqiy Yevropada esa chegaralar qayta chizilishi yetmagandek 1945-1949-yillarda etnik tozalash ishlari olib boriladi. 13 million nemiszabon aholi o'z uylaridan haydab chiqariladi. Ularning 2 millioni esa ochlik va turli kasalliklardan halok bo'lishadi. Nemislar etnik ozchilik bilan yuzlashishi kerak bo'lgan yagona guruh emasdi aslida. 1 million polyaklar ustida ham etnik tozalash olib boriladi va Polshaning chegaralari 200 kilometr G'arbga siljiydi. 1939-yil bosib olingan hududlarning hech bir qarichi qaytarib berilmaydi va bu hududlarda polyaklar uylaridan quvib chiqariladi. (Yevropadagi etnik tozalashni hazm qilgan dunyo 1948-yilgi Nakbani ham hazm qila oldi) Gitlerni urush davrida Yahudiylar genosidi uchun jazolagan dunyo Cherchilni Bengaldagi genosid uchun afv etdi. Aynan uning iqtisodiy siyosati sababli Bengalda bir necha million aholi ocharchilik qurboni bo'ldi. Holbuki, buni to'xtatish uchun Uinston Cherchil tom ma'noda hech nima qilmagandi, qurbonlarni "quyon kabi ko'payishda" ayblashdan tashqari. Shuningdek, urush davrida konslagerlar Amerika tuprog'ini ham chetlab o'tmadi. Franklin Delano Ruzvelt 120 ming etnik yaponlarni majburan tutqunlikda saqladi. Tutqunlikda bo'lganlarning uchdan ikkisi Amerika fuqarolari edi va ularning oila a'zolari Amerika uchun jonlarini garovga qo'yib qo'llariga qurol olgan harbiylar edi.

69 views

Ippubblikat Mej 8

Amerikadagi yahudiy lobbiylari haqida izlanganimda, bir narsa diqqatimni tortdi. Bugun Oʻzbekiston va Amerika, Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp oʻrtasidagi munosabatda oʻzbekistonlik yahudiylarning oʻrni katta. Amerikadagi “Buxoro yahudiylari” jamiyati faollaridan biri “Jacobs & Co” kompaniyasi egasi. Shu kunlarda Oʻzbekistonda boʻlib turibdi. Undan oldin esa “olmos qiroli” nomi bilan tanilgan Lev Leviev kelgandi. Lev Leviev Tramp bilan ham, Putin bilan ham, Netanyahu bilan ham munosabati zoʻr. Oʻzbekistonda tugʻilgan yahudiy. Diqqatimni tortgan narsa shu: Lev Leviev ancha yillardan keyin Oʻzbekistonga keldi. Oʻtgan yili oktyabr oyida. Isroil zulmiga qarshi gapirgan Mubashshir Ahmad boʻyicha yakuniy sud hukmi oktyabrda oʻqildi. Avval sud ancha qoldirildi va oktyabr oyining boshlarida oʻqildi. Lev Leviev Oʻzbekistonga kelish kuni bilan Mubashshir Ahmadga sud hukmi oʻqilish kuni yonma-yon. Bu yoki tasodif. Yoki… Hurmatli va nozik mehmon poyqadamiga qilingan qurbonlik boʻlishi mumkin! @sanjar_xoja

59 views

Ippubblikat Mej 7

G’azo voqeligi

69 views

Ippubblikat Mej 5

#foydali 📚 Samarali o‘qish va ishlash uchun eng yaxshi bepul servislar Hamma narsaga ulgurish va kundalik mayda yumushlar ichida qolib ketmaslik uchun ish joyini to‘g‘ri tashkil etish va zerikarli vazifalarni avtomatlashtirish juda muhim. Biz sizga sifatliroq va tezroq ishlashga yordam beradigan vositalarni to‘pladik. Perplexity AI Bu odatiy qidiruv tizimlarining aqlli o‘rnini bosuvchi vositadir. Servis shunchaki havolalar ro‘yxatini bermaydi, balki tekshirilgan manbalarga tayanib, savolingizga tayyor va tizimli javob shakllantiradi. Barcha iqtiboslar manbalarga havolalar bilan birga ko‘rsatiladi. Zotero Talabalar va tadqiqotchilar uchun haqiqiy najotkor. Dastur adabiyotlar bilan ishlashning barcha vazifalarini o‘z zimmasiga oladi: manbalarni to‘playdi, saqlaydi va kerakli uslubda iqtiboslar hamda bibliografiyani avtomatik ravishda rasmiylashtiradi. Connected Papers Ilm-fanga chuqurroq kirib borish vositasi. U ilmiy nashrlar o‘rtasidagi bog‘liqlikning vizual grafigini tuzadi, bu esa mavzuingiz bo‘yicha eng ko‘p iqtibos keltirilgan va muhim ishlarni topishga yordam beradi. Notion Universal "raqamli ofis". Bu yerda eslatmalar yuritish, murakkab ma'lumotlar bazalarini yaratish, loyihalarni rejalashtirish va o‘quv materiallarini saqlash mumkin. Servisning moslashuvchanligi uni har qanday ehtiyojga moslashtirish imkonini beradi. Obsidian "Ikkinchi miya" tamoyili asosida ishlaydigan shaxsiy bilimlar bazangiz. Asosiy xususiyati — qaydlarni bir-biri bilan bog‘lash imkoniyati bo‘lib, bu g‘oyalar tarmog‘ini yaratishga, ma'lumotlarni yaxshiroq eslab qolish va tahlil qilishga yordam beradi. Grammarly Ingliz tilida yozadiganlar uchun ajralmas yordamchi. Servis nafaqat grammatikani, balki uslubni ham tekshirib, insho va ishbilarmonlik xatlaringizni professional darajaga ko‘taradi. DeepL Translator Dunyodagi eng aniq tarjimonlardan biri. Boshqa analoglaridan farqli o‘laroq, u kontekstni va til nozikliklarini juda yaxshi tushunadi, shuning uchun ilmiy maqolalar va rasmiy hujjatlar bilan ishlash uchun ideal hisoblanadi. Slidesgo Agar sizga chiroyli taqdimot kerak bo‘lsa-yu, dizayn uchun vaqtingiz bo‘lmasa — bu servis aynan siz uchun. Har xil uslubdagi bepul shablonlarning ulkan tanlovi mavjud bo‘lib, ularni o‘z vazifalaringizga moslashtirish juda oson. Trello Rejalashtirishning klassik namunasi. Qulay vizual doskalar va kartochkalar yordamida ishlarning borishini kuzatish, jamoada vazifalarni taqsimlash va muddatlarni (dedlaynlarni) nazorat qilish oson. Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! @webmakon

79 views

Hashtags

Ippubblikat Mej 5

Azbaroyi Isroil zamini uchun yolg'on gapirmoq bilan hammasi joyida. Is'hoq Shamir (sobiq Isroil bosh vaziri)

71 views

Ippubblikat Mej 4

Yaqinda bir kursdoshim bilan to'y haqida suhbatlashib qolgandim. Uylanmoqchiligini aytgandi, 150 million pul yig'ishi kerak ekan. 150 million bilan ish bitadimi? Yo'q, qolgani uydagilardan, bu esa uning zimmasidagi yuk xolos. Dalda bermoqchi bo'ldim, oyiga 5 milliondan yig'sa 30 oy ketishini aytdim. Bor yo'g'i 2 yarim yil. Ota-bobolarimiz harbiyga borib kelgan muddatga teng. Gapim o'rtasida, so'zlarim unga dalda bermayotganini balki, ustidan kulyotgandek bo'lganini his qildim. Lekin, do'stim ham ko'ngli ochiq yigit, hali oyiga 5 million jamg'arib qo'yadigan holda emasligini aytib kulib javob qildi. 🤣🤣🤣😭😭😭 Bir kunlik to'yga ketadigan xarajat o'rtacha ishchi sinf vakiliga nihoyatda og'ir botadi. Bir kunlik to'y uchun uzoq muddat ishlashi kerak bo'ladi. Bir kunlik to'yga ketadigan xarajat aslida (ustiga yana ozgina qo'shsa) bitta yosh oila uchun bir uyning boshlang'ich to'loviga sarflanishi mumkin edi. Yoki bitta mashina bo'lib xizmat qilishi mumkin edi ana shu yosh oilaga. Ana shu ikki yosh asal oyini sayohat qilib o'tkazishi mumkin edi ana shu pulga. Malayziyaliklar singari ikki yosh umra safariga borishlari mumkin edi. Lekin, bizning bunga haqqimiz yo'q, ota-bobomiz qilgan ishni qilishimiz kerak. Bizdan keyingilar ham shunday, ota-bobosi qilgan ishni qilishi kerak. Ulardan keyingilari ham shunday bo'ladi. Faqat kelajak avlodlarning hikoyasidagi zolimlar biz bo'lamiz. So'zimni boshqa bir yaqinim aytgan jumlalar bilan yakunlamoqchiman. "Bu to'yxona qimmat o'zi, menga ham uncha yoqmadi. 3-4 ming(36-48 million)ga yaxshi joylar bor, o'zim topib beraman".

96 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
PreċedentiPaġna 1 minn 85Li jmiss