Kontenut tal-post
📢 Toshkent shahridagi OTMlari talabalari AloqaTechLab akseleratori dasturining startap loyihalari uchun imkoniyatlari va afzalliklari bilan tanishishda davom etmoqda. 🗓 22 apreldan 27 aprelgacha IT PARK va AloqaVentures vakillari 10 ta oliy ta’lim muassasalari bilan onlayn va oflayn ko`rinishda taqdimotlar o‘tkazdilar. 🗣 Ma'ruzachilar quyidagi 5 ta universitetga tashrif buyurib, u yerda korporativ akselerator taqdim etayotgan imkoniyatlar to`g`risida batafsil ma`lumot berdilar: 🔹Inha Universiteti 🔹Cambridge xalqaro universiteti 🔹Turin politexnika universiteti 🔹Akfa universiteti 🔹 Westminster xalqaro universiteti 💻 Qolgan 5 ta ta`lim muassasasi bilan onlayn ko`rinishda uchrashuvlar o`tkazildi: 🔹Toshkent shahridagi Amity universiteti 🔹Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti 🔹Tashkent Davlat Iqtisodiyot universiteti 🔹Toshkent davlat texnika universiteti 🔹Plехаnоv nоmidаgi Rossiya Iqtisodiyot Universitetining Tоshkеnt filiаli Talabalar akselerator dasturiga yuqori qiziqish bildirib, akseleratsiya dasturi shartlari, venchur faoliyati afzalliklari va startap loyihalarini moliyalashtirishdagi masalalar bo`yicha qizg`in muhokamalarda faol ishtirok etishdi. Ariza topshirish muddati 6-maygacha uzaytirilishi munosabati bilan qiziq, yana qancha abituriyent hujjat topshirishga ulguradi? 🤔