TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← behruza22 🧡
behruza22 🧡 avatar

TGINSIGHT POST

Post #130

@behruza22

behruza22 🧡

Viżjonijiet839Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatSet 1919/09/2023 14:52
Kontenut

Kontenut tal-post

EKLER SHIRINLIGI Zavarnoy hamir uchun: 200 gr muzdek suv 150 gr @musaffo.uz saryog’i 200 gr un Krem uchun: 150 gr @musaffo.uz suti 1 ta tuxum sarig’i 100 gr shakar 20 gr jo’xori kraxmali 100 gr @musaffo.uz saryog’i 50 gr quyiltirilgan sut Zavarnoy hamir qilish uchun qozonchaga muzdek suv va saryog’ni solib, gazga qo’yamiz. Eritib olgandan so’ng 200 gr un solib quyuq, yig’iladigan hamir holatiga keltiramiz. Hamir sovigach 3 ta tuxum ketma ket solib mikser qilamiz. Quyuq va cho’ziluvchan hamirni nasadka yordamida pergament ustiga chiqarib, duxovkaga 180 darajada 25 daqiqa pishirib olamiz. Pishguncha duxovkani ochish mumkin emas! Zavarnoy krem uchun shakar, tuxum sarig’i, kraxmal va sutni aralashtirib, qozonchaga qo’yamiz. Quyilgach, gazni o’chirib, saryog’ solamiz va bitta aralashtirib kremni sovutamiz. Krem sovigach quyiltirilgan sut qo’shib mikser qilamiz. Eklerlarni krem bilan to’ldirib, shokolad bilan bezatib, dasturxonga tortamiz! #готовимдома#вкусно#vkusno#doma