TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Lura għall-lista tal-kanali
Ibrohimjon’s avatar

TGINSIGHT CHAT

Ibrohimjon’s

@bornleader_community

Blogs

if thoughts worth writing, why not put them here)

Abbonati448Abbonati attwali
Postijiet immonitorjati1,010Għadd ta' postijiet indiċizzati
Raġġ reċenti5,887Somma tal-viżjonijiet reċenti
Postijiet reċenti

Postijiet reċenti

Paġna 1 minn 85 · 1,010 postijiet

Ippubblikat 20 ġurnata ilu

Agar axborot uchun o‘qilsa - O‘tgan Kunlarni qanday ikki gapda tasvirlab berar edingiz?

120 views

Ippubblikat 20 ġurnata ilu

Birinchimuvaffaqiyatim Hayotdagi eng birinchi muvaffaqiyatim nima? Shu savolni o'zimga 4 5 yil oldin bergan edim. Bog'chadagi sahna ko'rinishda shoh ro'lini o'ynaganim? Boshlang'ich sinfda yilning eng yaxshi o'quvchisi bo'lganim? Minglab bolalar ichidan eng yaxshi maktabga qabul qilinganim? Bilimlar bellashuvi/Olimpiadalar yoki shaxmat musobaqalari? Kichkina bola bo'lgan vaqtimdan ko'p jabhalarda oldinda bo'lishga harakat qilardim. Eng birinchi muvaffaqiyatim nima ekan deb o'sha vaqtlari uzoq o'ylab yurganman. Keyin tushunib yetgan edimki, hamma yutuqlarimni o'zaro bog'lab turgan bir faktor bor ekan. Eng birinchi muvaffaqiyatim - hozirgi oilamda tug'ilganim - meni butun hayotimni o'zgartirib yuborgan ekan. Eng katta omadim tramalarsiz sog'lom muhitda katta bo'lganim va ajoyib oilaviy atmosferada o'qishga, bilim olishga qiziqish uyg'onganligi. 8 yashar ekanligimda ayam qo'limdan yetaklab o'zi ishlaydigan kollejdagi ingliz tili o'qituvchisiga olib borgan. Birgina shu tilni yaxshi bilganim menga son sanoqsiz eshiklarni ochib tashladi. Hali ingliz tilini o'rganish va repititor ommalashmagan mahalda ayam meni to'g'ri yo'nalishga yo'naltirgandi. Ular bizga sovg'a qilgan shaxmat doskasida akam bilan shaxmatni o'rganganmiz. Dadam va ayam o'qigan ikki javon to'la kitoblar biz uchun badiiy adabiyotning asosiy manbasi edi, asosan akam va opam ko'p o'qigan. Yoshligimda badiiy kitoblarga uncha qiziqmaganman. Ota onam mashina yoki qandaydir shaxsiy biznesga hech qiziqishmadi, pul tikishmadi. Borlarini 3 farzandni o'qishiga, yaxshi inson bo'lishiga sarflashdi: sifatli maktab, qimmat o'quv kurslari, qulay sharoit va eng muhimi hamma havas bilan qaraydigan oilaviy muhit. Opam va akam allaqachon hayotda o'z yo'llarini topib ketishdi. Men bo'lsa ... Ha do'stlar, meni 19 yil oldin boshlangan hayotimning ilk onlari mening birinchi yutug'im edi. Dunyoga keltirishganlari uchun emas, tom ma'noda yaxshi hayot hadya qilganliklari uchun ham ota onamdan minnatdorman. Bugun 26-may, ayamning tug'ilgan kunlari. Yuqorida aytganimdek, chet tili sayohatim ular sababli boshlangan. Eng ko'p ular bilan yashagan ham o'zim. Katta farzandlar doimo yotoqxonalarda turgan, kichkina esa uyda). Filolog bo'lganliklari uchun mendagi yozishga bo'lgan qiziqish va oz muncha talant ulardan o'tgan bo'lsa kerak deb taxmin qilaman. Ko'chada ham tashqi ko'rinishimdan ayamga ko'proq o'xshatishadi. Albatta ular bolalarni yuz foiz tushunib chiqishib ketadigan psixolog ona bo'lmaganlar. Ammo, eng muhimi ular doimo eshita olganlar. Biror narsa uchun ruhsat so'rashim kerak bo'lsa tezda yo'q demasdan, o'zi bu nima tushuntir deb aytadilar. "Menga ham ayt shularni" gapir deb bilgisi keladi. Men bo'lsa ko'pincha yotig'i bilan tushuntirishda oqsayman... Chet elda o'qish orzumga butun dunyo ishonmagan taqdirda ham doimo ayam qo'llab quvvatladilar. Oxirgi 2 3 yil men uchun juda qiyin o'tdi. Har kuni ichimdan ming xil o'ylar o'tdi, mental krizisga ko'p uchradim. Shunday qiyin vaziyatlarda bir inson mening muvaffaqiyatim uchun bor umidini bildirdi. Dadam bilan bo'ladigan suhbatlarimizda tushunmovchilik bo'lib qolsa o'rtada ayam qolib ketar edi, ikkalamiz ham dardimizni ularga to'kib sochardik. Ayamning hayot yo'li doimo past balandliklardan iborat bo'ldi. Oilasining totuvligi, farzandlarining baxti kamoli uchun ko'p sinovlarga bardosh berdi, yaxshi imkoniyatlardan voz kechdi, qattiq harakat qildi. Men tezroq yaxshi farzand bo'lishni o'rganishim kerak, ular uchun yaxshi dunyo yaratishim kerak. Ustozlarim, do'stlarim uchun butun boshli kitoblarni yozib tashlashim mumkin, ammo onam uchun shu birgina postnida yozishga kechikmoqdaman. Birgina istaydiganim, oldinda turgan hayotlarida tuganmas baxt va mustahkam sog'liq ularga doimo hamroh bo'lsin. Dunyodagi barcha oilasi haqida chuqur qayg'uradigan onalarning o'zlari uchun qilgan orzulari ham amalga oshsin. Farzandlar ham munosib zurriyot bo'lishsin. Aniqrog'i o'zim). Postni boshidagi savolga javobni o'sha vaqtda topgandim. Eng birinchi muvaffaqiyatim - onam, tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin. @bornleader_community

167 views

Ippubblikat 25 ġurnata ilu

Hayotimiz shu darajada ajoyibki, mongoliyalik kursdoshimning 7 yoshlik xolasi bu yil maktabga chiqibdi. Va o’z onasining singlisi sifatida u qizchaga xurmat ko’rsatishi kerak. Kind of strange. At the same time, funny :)

336 views

Ippubblikat 26 ġurnata ilu

O‘ziga ham yetmayotgan eng qimmatli narsani - vaqtni senga ajratish ham eng go'zallaridan.

361 views

Ippubblikat 26 ġurnata ilu

E’tiborning eng go’zal ko’rinishini — o’ziga ravo ko’rmagan eng yaxshisini senga ilinib berishidir. Masalan, Koreyada olma nisbatan qimmat. Citrus mevalar esa juda arzon (banan, mandarin). O’zbekistonning teskarisi. Men shu vaqtgacha biror marta olma sotib olib yemaganman bu yerda. Qimmat, uning puliga 3-4 kilogram banan olib yesa bo’ladi. Ammo, qimmat bo’lsada, sovg’a sifatida kamida 3-4 marta olib berganman do’stlarimga. Ayni shu vaqtda, hisob-kitob ham, tejash ham ko’zga ko’rinmay qoladi. E’tibor va mehr berilayotganda planka ozgina ko’tariladi. Negaki, o’zimizga ravo ko’rmaganlarimiz yaqinlarimiz uchun arziydi. Yana boshqa misol, uyda ovqat qilgim kelmasa, maksimum o’zim burger olib yeyishim mumkin. Endi tasavvur qiling, 3-4 yildan beri ko’rishmagan do’stim Jahongir oldimga hozir kelib qolsa, boshimda ko’tarib eng zo’r oshga olib borardim ). Osonroq tushuntirish uchun misol tariqasida ovqat mavzusida yozdim. Buni istalgan boshqa narsa bilan o’lchash mumkin: duoda, niyatda, mehrda, fidoiylikda, mehnatda, va eng muhimi, vaqtda. In short, you are special if someone gives you what they otherwise wouldn’t give themselves.

358 views

Ippubblikat 29 ġurnata ilu

Always hiding activities from parents because we can’t answer their “what benefit does it bring” question.

518 views

Ippubblikat Mej 14

Imtixonlarga qanday usulda tayyorlanasiz? "Ming kecha bo'lmasa, bir kecha o'qigin :)" #humour

598 views

Hashtags

Ippubblikat Mej 13

Men: Demak, ismiz "Falonchi"? Notanish inson: Xuddi shunday. Men: Tanishganimdan xursandman. Notanish inson: Men ham. Men: Siz hali ismimni soʻramadingiz) P.S: Oxirgi gapimni ichimda aytdim, baland ovozda chiqmadi) #hayotiy #humour

612 views

Ippubblikat Mej 10

Uxlab qolgan kunlaring tarixdagi eng yaxshi matchlarni o’tkazib yuborasan. Ataylab uxlamasdan kutib, tomosha qilgan o’yinlaring esa zerikarli ekanidan ekranni urib sindirging keladi.

740 views

Ippubblikat Mej 8

Dunyodagi eng yaxshi insonlar may oyida tug’ilishgan. Absolute legendalar esa aprelda :)

655 views

Ippubblikat Mej 2

Munosib bo'lishning talablaridan biri, o'sha maqsadni sabr bilan kuta olish ham bo'lsa kerak. Sababi, vaqt o'tib borsada va o'rtada sinovlarga duch kelganda ham qalbdagi xohishning so'nib qolmasligi, chindan ham maqsadning jiddiyligini ko'rsatadi. Shoshiladiganlar va o'xshamasa yo'nalishni boshqa tomonga buradiganlardan farq shunda. Munosiblar vaqt sinovlariga ham bardoshli bo'lishadi.

801 views

Ippubblikat Mej 1

621 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
PreċedentiPaġna 1 minn 85Li jmiss