TGINSIGHT CHAT
Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
@ferganasoliq
Law© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali. Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60 Ishonch telefoni: 73 241 70 61 Veb-sayt: https://soliq.uz/; Facebook: facebook.com/ferganasoliq; Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Postijiet reċenti
Paġna 1 minn 85 · 1,009 postijiet
Ippubblikat 17-il ġurnata ilu
#qonunchilikdagi_yangiliklar 2026-yil 1-iyundan boshlab soliq sohasidagi muhim o'zgarishlar Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads
Hashtags
Ippubblikat 18-il ġurnata ilu
#qonunchilikdagi_yangiliklar Soliq solish soddalashtirilmoqda 2026-yil 1-iyundan boshlab soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o‘tish chegarasi 1 mlrd so‘mdan bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 12 ming baravarigaoshiriladi. Shuningdek, tovarlarni import qiluvchi yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar majburiy tartibda QQS to‘lovchisi deb e’tirof etiladigan tartib bekor qilinadi. Endilikda bunday soliq to‘lovchilarning daromadi BHMning 12 ming baravaridan oshmasa, ular ham aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llashi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, 2026-yil 1-iyundan 2030-yil 1-yanvarga qadar ayrim tadbirkorlik subyektlariga QQSni hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqi beriladi. Mazkur tartibni asosiy faoliyat turi umumiy ovqatlanish, savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlar qo‘llashi mumkin. ❗️Soddalashtirilgan tartib davlat korxonalari va yirik soliq to‘lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Soddalashtirilgan tartib quyidagilarni nazarda tutadi: ✔️QQS stavkasi tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha barcha aylanmalarga nisbatan 6 foiz etib belgilanadi; ✔️foyda solig‘i stavkasi 0 foiz etib belgilanadi; ✔️foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish majburiyati bekor qilinadi; ✔️xarid qilingan tovarlar va xizmatlar bo‘yicha to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqi berilmaydi; ✔️QQS bo‘yicha amaldagi imtiyozlar, preferensiyalar hamda QQSning bir qismini qaytarish tartibi qo‘llanilmaydi; ✔️mavjud salbiy QQS summasi hisobdan chiqariladi; ✔️ushbu tadbirkorlardan tovarlar va xizmatlarni sotib olgan xaridorlarga QQS summasini hisobga olish huquqi beriladi. 👉PF-100-son, 26.05.2026-y. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Hashtags
Ippubblikat 18-il ġurnata ilu
#qonunchilikdagi_yangiliklar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy sharoitlar yaratish to‘g‘risida” Farmoni imzolandi Mazkur farmonning asosiy maqsadi sifatida kichik biznes subyektlari uchun soliq rejimini yanada qulaylashtirish, QQS ma’muriyatchiligini soddalashtirish orqali aylanmalarni ochiqlash va biznesning o‘sishini rag‘batlantirish nazarda tutilgan. 👉PF-100-son, 26.05.2026-y. Unga ko’ra 2026-yil 1-iyundan boshlab: 🔹soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o‘tish uchun belgilangan chegaraviy miqdorbazaviy hisoblash miqdorining 12 ming baravari etib belgilanmoqda. 🔹mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan: ▫️alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish uchun naqd pul to‘lovlarini qabul qilish huquqi beriladi; ▫️alkogol mahsulotlari xarid qilinganda raqamli markirovka kodlari ushbu subyektlarda yakuniy iste’molga realizatsiya qilingan deb e’tirof etiladi; 🔹umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko’rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun: ▫️ayrim toifadagi xodimlarni mehnat organlarining mobil ilovasi orqali soddalashtirilgan tarzda «shu kunning o‘zida va muayyan muddatga» rasmiylashtirish va ish haqini to‘lash tartibi joriy etiladi; ▫️to’langan QQS bir qismini qaytarish, tushumning naqd pulsiz shaklda tushgan ulushidan qat’i nazar, to’langan soliq summasining 40 foizi miqdorida amalga oshiriladi. 🔹 umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko’rsatish faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan foydalanishda to’lanadigan ijara to’lovi miqdori Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlanadigan yer solig’ining bir baravari miqdorida belgilanadi. 2027-yil 1-yanvardan boshlab: 🔸alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar birlashtirilib, uning stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida belgilanmoqda; 🔸jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lgan maydonlarni ijaraga berilganda, soliq solish maqsadida ijara to‘lovining eng kam stavkalari qo‘llanilmaydi, bundan Toshkent shahri mustasno; 🔸kichik biznes subyektariga buxgalteriya hisobini yurituvchi tashkilotlar va soliq maslahatchilarini jalb qilish xarajatlarini ikki barobarga oshirgan holda chegirishga ruxsat beriladi. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Hashtags
Ippubblikat 18-il ġurnata ilu
Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar! Barcha musulmonlar uchun ulug‘ va mo‘tabar ayyom – Qurbon hayiti bilan Sizlarni chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Bu qutlug‘ bayram kunlarida qilayotgan duoyu ibodatlaringiz, ezgu niyat va tilaklaringiz ijobat bo‘lsin. Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz o‘rtasidagi mehr-oqibat va hamjihatlik yanada mustahkamlanib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti bardavom bo‘lsin. Fursatdan foydalanib, Sizlarga oilaviy baxt-saodat, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Qutlug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Maqsudxon Mamatxanov Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Ippubblikat 19-il ġurnata ilu
#savol_javob#keshbek Keshbek tizimida kimlar shubhali xaridor hisoblanadi? O‘ziga tegishli bo‘lmagan cheklarni keshbek olish maqsadida roʻyxatdan oʻtkazuvchi jismoniy shaxslar shubhali xaridor deb eʼtirof etiladi. Avval xabar qilinganidek, amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa shaxslarga tegishli onlayn-NKT cheklarini uning ruxsatisiz skaner qilgan, shuningdek boshqa huquqbuzarliklarni sodir etgan yoki bu kabi noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangan fuqarolar shubhali xaridorlar reyestriga kiritiladi. Agar "Soliq" mobil ilovasida sizga “Shubhali xaridor” maqomi berilgan boʻlsa, bu siz ushbu reyestrga kiritilganingizni anglatadi. Bunda chekning qonuniy egasi aynan oʻzi xaridni amalga oshirgani va QR-kodli chekni olganini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish huquqiga ega. Bunday holatda tegishli keshbek unga qaytariladi. Agar mazkur holatlarni tasdiqlash imkoni boʻlmasa, keshbekni qaytarish sud tartibida hal etiladi. 👉VMQ-255, 12.05.2022-yil. Soliq organlari eslatib o‘tadi: huquqbuzarliklarning oldini olish uchun “Soliq” mobil ilovasida faqat oʻzingiz amalga oshirgan xaridlar va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha berilgan fiskal cheklarni roʻyxatdan oʻtkazing. Ijtimoiy tarmoqlar yoki uchinchi shaxslar orqali taqdim etilgan cheklardan foydalanish noqonuniy hisoblanadi va javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin. Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Hashtags
Ippubblikat 19-il ġurnata ilu
#keshbek Aprelda yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi ✅ Keshbeklarni ilovaga biriktirilgano'zingizga tegishli bank kartangizga o‘tkazib olishingiz mumkin. ✔️Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi. ❗️Iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan(24 720 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 247 200 so‘molishi mumkin. Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Hashtags
Ippubblikat 19-il ġurnata ilu
#qonunchilikdagi_yangiliklar Chorva importi uchun soliq imtiyozi 🗓2026-yil 1-iyundan2029-yil 1-yanvarga qadar Xorijiy davlatlardanO‘zbekiston Respublikasi hududiga: ✔️nasldor qoramol, ✔️qo‘y va echkilarni olib kirish QQSdan ozod etilishi belgilanmoqda. 👉PQ-179, 12.05.2026-yil. ⚠️Mazkur imtiyoz Soliq kodeksiga tegishli tartibda qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritilgandan so‘ng amaliyotga joriy qilinadi. Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Hashtags
Ippubblikat 20 ġurnata ilu
#qonunchilikdagi_yangiliklar 2027-yil 1-yanvardan boshlab qaysi soliq hisobotlari proaktiv tarzda shakllantiriladi? Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Hashtags
Ippubblikat 20 ġurnata ilu
#qonunchilikdagi_yangiliklar 2027-yil 1-yanvardan boshlab: ✔️Jismoniy shaxslarning ipoteka kreditlarini qoplashga yo‘naltirilgan daromadlari bo‘yicha imtiyozlar idoralararo ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda qo‘llaniladi. Agar imtiyoz qo‘llangandan so‘ng ortiqcha ushlab qolingan summa yuzaga kelsa, u fuqaroga murojaat asosida 10 ish kuni ichida qaytariladi. 👉PF-95, 19.05.2026-y. Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Hashtags
Ippubblikat 20 ġurnata ilu
📸KUN FOTOSI Mas’uliyat bilan olib borilgan har bir nazorat — qonun ustuvorligi va adolat mezonidir. Soliq organlari tomonidan joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar halollik muhitini mustahkamlash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Tartib va nazorat bor joyda ishonch va barqarorlik bo‘ladi. Тelegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Threads
Ippubblikat 23 ġurnata ilu
Prezidentning 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoniga asosan soliq ma’muriyatchiligida yangi yondashuvlar joriy etilmoqda. Bu amalda nimani anglatadi? Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Ippubblikat 24 ġurnata ilu
#qonunchilikdagi_yangiliklar 2026-yil 1-iyuldan boshlab: ✔️“Avtokameral” boʻyicha aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etish amaliyoti bekor qilinadi; ✔️oʻrta xavf darajasiga ega soliq toʻlovchilar darhol tekshiruvga yoʻnaltirilmaydi; ✔️yangi tadbirkorlar dastlabki 6 oy davomida hisobotlarni yuborish xizmatlaridanbepul foydalanishi mumkin boʻladi. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Hashtags