TGINSIGHT CHAT
Ilmiy laboratoriya
@ilmiylaboratoriya
Education🏛 TDTU huzuridagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi 🔬 100 dan ortiq yuqori texnologiyali qurilmalar 📲 Bog‘lanish uchun: 📞 +998 93 857 99 97 📩 Telegram: @Dilmurod_Baxtiyarovich@baxronovQ 📍 Manzil: Toshkent davlat texnika universiteti @tdtulab_bot
Postijiet reċenti
Paġna 1 minn 4 · 41 postijiet
Ippubblikat Diċ 12
📢“Oʻzbekiston – Ozarbayjon” xalqaro qoʻshma loyihalar tanlovi eʼlon qilindi! 🗓 Loyiha topshirish muddati: 2025-yil 12-dekabr — 2026-yil 10-fevral, soat 23:55 gacha 🇺🇿🤝🇦🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Ozarbayjon Respublikasining Fan va oliy taʼlim boʻyicha davlat agentligi hamkorligida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqot loyihalari uchun xalqaro qoʻshma tanlov eʼlon qilinmoqda. 🔬 Tanlov yoʻnalishlari: 1️⃣ Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 2️⃣ Texnika fanlari 3️⃣ Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik 4️⃣ Farmakologiya va farmatsevtika 5️⃣ Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiya va nanotexnologiyalar 💰 Moliyalashtirish miqdori (BHM asosida): ▫️ 1 yillik loyiha — 3 000 BHM gacha ▫️ 2 yillik loyiha — 5 000 BHM gacha ▫️ 3 yillik loyiha — 7 500 BHM gacha 📞 Masʼul xodimlar (TDTU, ILFM bo'limi): +99871207-09-95 (1059), 🔗 Tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Ippubblikat Nov 11
✅Metallurgiya laboratoriyasi faoliyati o‘rganildi. 💬 Tanishuv davomida laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, metall va qotishmalarning fizik-mexanik xususiyatlarini o‘rganish, ularning tarkibi va tuzilishini tahlil qilish hamda ishlab chiqarish jarayonlarida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. 🔍 Shuningdek, laboratoriya faoliyatida mavjud ayrim kamchiliklar va takomillashtirish talab etiladigan jihatlar ham muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan uskunalarni yangilash, sinov jarayonlarini avtomatlashtirish hamda xalqaro standartlarga mos metodikalarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 🎯 Ushbu laboratoriya metallurgiya sohasida ilmiy izlanishlar olib borish, yangi materiallar ishlab chiqish va talabalarning amaliy tajribasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🏛 Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “ Ilmiy laboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi “ 📞+998 93 857 99 97
Ippubblikat Nov 10
✅ Gidrogeologiya laboratoriyasi faoliyati o'rganildi. 💬 Tanishuv davomida laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, yer osti suvlarining xususiyatlarini o‘rganish, suv va gaz tarkibini tahlil qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. 🔍 Shuningdek, laboratoriya faoliyatida mavjud kamchiliklar va takomillashtirishga muhtoj yo‘nalishlar ham atroflicha muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan infratuzilmani yangilash, uskunalar bazasini kengaytirish va tahlil jarayonlarini zamonaviy standartlarga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi. 🎯 Ushbu laboratoriya gidrogeologik tadqiqotlar sohasida ilmiy salohiyatni rivojlantirish, yer osti suvlaridan samarali foydalanish va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🏛 Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “ Ilmiy laboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi “
Ippubblikat Nov 3
✅ Energiya tejamkor va qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi faoliyati bilan tanishildi. 💬 O‘rganishlar davomida laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, energiya tejovchi texnologiyalarni yaratish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini samarali qo‘llash yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. 🎯 Ushbu laboratoriya energiya samaradorligini oshirish, ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish va yosh mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, laboratoriyada innovatsion g‘oyalar asosida yangi ilmiy loyihalar ham amalga oshirilmoqda. 🏛 Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “ Ilmiy laboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi “ 🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 📱https://t.me/ilmiylaboratoriya 📱Youtube 📞+998 93 857 99 97
Ippubblikat Nov 3
✅ Metrologiya va sifatni boshqarish laboratoriyasi faoliyati bilan tanishildi. 💬 O'rganishlar davomida laboratoriyada olib boriladigan ilmiy izlanishlar, o‘lchov jarayonlari va sifat nazorati tizimlari haqida batafsil ma’lumot berildi. 🎯 Ushbu laboratoriya ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, zamonaviy o‘lchov texnologiyalarini amaliyotga joriy etish hamda yosh mutaxassislarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🏛 Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “ Ilmiy laboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi “ 🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 📱https://t.me/ilmiylaboratoriya 📱Youtube 📞+998 93 857 99 97
Ippubblikat Aww 22
➡️Plazma tozalagich CY-P5L-300W 💬Plazma tozalagichni qo‘llash doirasi: Elektron komponentlarni, optik asboblarni, lazer qurilmalarini, qoplangan substratlarni, mikrosxemalarni tozalash. Optik linzalar va elektron mikroskop maqsadlari kabi turli xil linzalar va slaydlarni tozalash. Optik komponentlar, yarimo‘tkazgich komponentlari va boshqalar yuzasidan fotorezistni olib tashlash. ATR komponentlarini, turli shakldagi sun’iy linzalarni, tabiiy kristallar va qimmatbaho toshlarni tozalash. Yarimo’tkazgich komponentlarini va bosilgan elektron platalarni tozalash. Biochiplar va mikrofluidik chiplarni tozalash. Substratni to‘plangan cho‘kindidan yuvish. Polimer materiallarning sirtini o‘zgartirish. Stomatologik materiallar, sun’iy implantlar va tibbiy asboblarni dezinfektsiyalash va sterilizatsiya qilish. 🏛Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “Energiya tejovchi texnologiyalar, nazorat-о‘lchov va avtomatlashtirilgan tizimlar” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyati 🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 📱https://t.me/ilmiylaboratoriya 📱Youtube 📞+998 93 857 99 97
Ippubblikat Aww 20
➡️PCB frezalash mashinasi 4MILL300ATC ✍️XUSUSIYATLARI. Maksimal PCB hajmi: 200 x 140 mm (7,8" x 5,5") Shpindel tezligi: 5.000 - 60.000 RPM dasturiy ta'minot boshqariladi Ruxsat: 1 mkm (0,04 mil) Takroriylik: ± 0,003 mm Asbobni o'zgartirish: avtomatik, 12 ta pozitsiya Asbob ushlagichi: 3,175 mm (1/8") Frezeleme chuqurligini sozlash: mkm chuqurlikni aniq sozlash Burg‘ilash tezligi: 120 zarba / mingacha X/Y sayohat tezligi: 40 mm/s (1,5"/s) X/Y/Z drayvlar: gibrid motorlar Mashina stoli: markaziy T-uyasi bilan tekis frezalangan alyuminiy stol O‘lchamlari: W-420 x D-455 x H-435 mm (16,5" x 17,9" x 17,1") Og‘irligi: 42 kg Quvvatlantirish manbai: 100 - 240 VAC, 50 - 60 Gts, 320 Vt Dasturiy ta’minot: TrackMaker Shpindelli dvigatel: dasturiy ta’minot bilan boshqariladigan 3 fazali asenkron vosita pnevmatik asbob qisqichi bilan Mil kuchi: 320 Vt 🏛Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “Energiya tejovchi texnologiyalar, nazorat-о‘lchov va avtomatlashtirilgan tizimlar” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyati 🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 📱https://t.me/ilmiylaboratoriya 📱Youtube 📞+998 93 857 99 97
Ippubblikat Aww 13
✅ELEKTROMAGNIT MAYDONI ANALIZATORI – SPECTRAN V6 Elektrmagnit maydoni ko‘rsatkichlarini spektral taxlil asosida o‘rgnanishga qo‘llaniladi. ⭐️XUSUSIYATLARI: Chastota: 10 MGts - 6 GHz, 80 MGts tahlil o‘tkazish qobiliyati (Aaronia V6-RSA250X modeli). Chastota: 10 MGts - 6 GHz, tahlil o‘tkazish qobiliyati 80 MGts, I/Q generatori (Aaronia V6-RSA500X modeli). Chastota: 10 MGts - 6 GGts, tahlil o‘tkazish qobiliyati 2x160 MGts, I/Q generatori (Aaronia V6-RSA2000X modeli). Ruxsat etilgan chastota (RBW): 0,062 Hz - 200 MGts. Amplituda: +23 dBm dan -150 dBm. Shovqinliylik: -150 dBm (ichki kuchaytirgich bilan -170 dBm gacha). V6-RSA2000X butun chastota diapazonini 5 msda skanerlaydi. Haqiqiy vaqtda suratga olish tarmoqli kengligi: 80 MGts, 120 MGts, 160 MGts yoki 245 MGts. 🏛Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “Energiya tejovchi texnologiyalar, nazorat-о‘lchov va avtomatlashtirilgan tizimlar” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyati 🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 📱https://t.me/ilmiylaboratoriya 📱Youtube 📞+998 93 857 99 97
Ippubblikat Lul 23
✅SANOAT ROBOTI - EFORT Robot Sanoat roboti to‘g‘risida umumiy ma’lumotlari Modulli usulda ishlab chiqilgan sanoat robotlarini amaliy dasturlash qurilmasi. Tizim sanoat robot texnologiyasi, mexanik uzatish texnologiyasi, ko‘p operatsiya texnologiyasi, aqlli sezish texnologiyasi, dasturlashtiriladigan boshqaruv texnologiyasi, elektr avtomatizatsiyasi, aqlli sezish, aqlli ishlab chiqarish va mavzu bo‘yicha ekspertiza bilan birlashtirilgan. Sanoat roboti boshqaruv paneli: 1- kirish – chiqish platasi, 2 - umumiy jarayonlarni o‘rganish uchun tashqi kabel ulagichi, 3 - Ethernet interfeysi, 4 - server yoqilganligini tasdiqlovchi indikatori tugmasi 5 – favqulotda to‘xtatish tugmasi, 6 – yoqish tugmasi, 7 - Elektr simining rozetkasi, 8 - Robot kabel ulagichi. 🏛Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “Energiya tejovchi texnologiyalar, nazorat-о‘lchov va avtomatlashtirilgan tizimlar” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyati 🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 📱https://t.me/ilmiylaboratoriya 📱Youtube 📞+998 93 857 99 97
Ippubblikat Lul 22
✅ 6 - Kamera va boshqarish turidagi tutash mexanizmi bilan aksial robot qo‘l. 🔎 XUSUSIYATLARI: 6 - kamera va boshqarish turidagi tutash mexanizmi bilan aksial robot qo‘l to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar Ushbu qurilma mexanik, pnevmatik, harakatni boshqarish, chastota konvertatsiya tezligini boshqarish va PLC boshqaruv texnologiyasini uzluksiz birlashtirgan sanoat robotlari va mashinani ko‘rishga asoslangan. Dizayn modulli va birlashtirish oson, bu turli materiallarni tezda aniqlash va yig‘ish imkonini beradi. Amaliy mashg‘ulotlarni osonlashtirish uchun tizim har xil turdagi robotlarni o‘qitish va kompleks loyihalarni o‘qitish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Qurilma olti o‘qli robotni o‘rgatish, joylashishni aniqlash, ushlash, yig‘ish, saqlash va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni bajarishi mumkin. 🏛Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “Energiya tejovchi texnologiyalar, nazorat-о‘lchov va avtomatlashtirilgan tizimlar” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyati 🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 📱https://t.me/ilmiylaboratoriya 📱Youtube 📞+998 93 857 99 97
Ippubblikat Lul 17
LAZER DIFFRAKSION ANALIZATORI Winner 2309 XUSUSIYATLARI: Winner qurilmalarining optik dizayni birlashtiruvchi nurli patentlangan Furye teskari optikasi dizayniga asoslangan. Yuqori barqaror geliy-neon lazer va yuqori sezgir halqali fotodetektor butun diagnostika diapazonida yaxshi takrorlanuvchanlik va aniqlikni kafolatlaydi. Ilm fan, texnika va sanoatning deyarli barcha sohalarida ishlatiladigan moddalar zarrachalarining (kukunsimon materiallarning) o‘lchamlari bo‘yicha tarkibini aniqlash uchun mo‘ljallangan lazerli taxlil asbobi. 🏛Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “Energiya tejovchi texnologiyalar, nazorat-о‘lchov va avtomatlashtirilgan tizimlar” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyati 🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda: ✅https://t.me/ilmiylaboratoriya 📱Youtube 📞+998 93 857 99 97
Ippubblikat Lul 16
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Undan universitetning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tomonidan yaratilgan 30 dan ortiq loyihalar o‘rin oldi. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi ishlanmalarni keng jamoatchilikka namoyish etish barobarida, muhandislik sohasiga oid muammolarni bartaraf etish bo‘yicha yangi g‘oyalar ustida ish olib borish yuzasidan fikr almashish, yuqori tijorat salohiyatiga ega ishlanmalar uchun investorlar jalb etishdan iborat. Maʼlumotlarga ko‘ra, hozirda mazkur oliy taʼlim muassasasida davlat grantlari asosida 35 ta ilmiy loyiha bajarib kelinmoqda. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube