TGINSIGHT CHAT
Kun.uz | Avto
@kunuzavto
Avtomobillar olami: yangiliklar, bozordagi narxlar, testdrayvlar va haydovchilarga kerakli maslahatlar. Boshqa qiziqarli maqolalar saytimizda👇 https://kun.uz/news/category/avto
Postijiet reċenti
Paġna 1 minn 44 · 520 postijiet
Ippubblikat 16-il ġurnata ilu
🚙 Renault Logan kutilmaganda «Nyurburgring 24 soat» poygasining bosh qahramoniga aylandi — sportkarlarni oddiy byudjet sedan shunchaki yakson qilib tashladi. Eng qiziq joyi: Renault burilishdan sovuqqonlik bilan o‘tayotgan bir paytda, ortdagi Mercedes va BMW birin-ketin shag‘alga uchib ketadi. Boshqa bir kadrda esa Maks Ferstappen jamoasining Mercedesi deyarli bir daqiqa davomida xalqona sedan bo‘lmish Renault Loganni quvib o‘tolmaganini ko’rish mumkin. Renault g‘alabani qo‘lga kirita olmagan bo‘lsa-da, tomoshabinlar mehrini qozongani aniq. 🛞Kun.uz | Avto
Ippubblikat 17-il ġurnata ilu
🚘 Geely Toyota Camry’dan kattaroq va kuchliroq sedan chiqardi Yangi Geely Galaxy Star 7 uzunligi deyarli 5 metr va u Toyota Camry bilan raqobat qilish uchun chiqarilgan. Top versiyasi atigi 140 000 yuan (19 000 dollar) turadi. Taqqoslash uchun, gibrid Camry Xitoyda 200 000 yuandan (28 000 dollar) qimmat. ⚡️ Mashina gibrid tizimda ishlaydi va eng kuchli versiyasi 425 ot kuchiga ega va 4WD ham bor. To‘liq quvvat bilan elektr rejimida 220 km gacha yuradi Salon massajli o‘rindiqlar, 16 ta karnay va katta ekranlar bilan jihozlangan. Qolaversa, mashina o‘zi parkovka qila oladi. 🛞Kun.uz | Avto
Ippubblikat 18-il ġurnata ilu
🚿 Xiaomi portativ avtomoyka chiqardi Endi mashina yuvish uchun kran yoki rozetka ham kerak emas. Yangi Mijia Wireless Car 2 ichki batareyada ishlaydi. Shlangni oddiy chelakka tiqsangiz bo‘ldi. Qurilma 3 xil rejimda ishlaydi: kuchli suv oqimi, purkash va ko‘pik chiqarish. Og‘irligi atigi 1.1 kg, Type-C orqali quvvatlanadi va IPX6 himoyaga ega 🛞Kun.uz | Avto
Ippubblikat 18-il ġurnata ilu
🏭 Toyota zavodlari buyurtmaga ulgurmay qoldi Kompaniya tarixda ilk bor mashinalarni Tayvanda ishlab chiqarib, keyin ularni yana Yaponiyaning o‘ziga eksport qiladi. 👀 Gap Toyota’ning eng mashhur oilaviy modellari bo‘lgan Noah va Voxy haqida ketmoqda. Hozir bu mashinalarga talab shunchalik oshganki, ayrim xaridorlar 1 yildan ko‘proq kutishga majbur. Toyota shu sabab Tayvanda yangi ishlab chiqarish liniyasi ochmoqda. Yiliga 100 000 gacha avtomobil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Bu mashinalar Tayvanda yig‘ilib, keyin yana Yaponiyaga yuboriladi. 🛞Kun.uz | Avto
Ippubblikat 20 ġurnata ilu
🚘 Xiaomi 990 ot kuchiga ega yangi YU7 GT krossoverini ko‘rsatdi YU7 GT 0’dan 100 km/soatgacha atigi 2.9 soniyada chiqadi va maksimal tezligi 300 km/soat. Standart YU7’ga nisbatan motorni yana 300 ot kuchiga kuchaytirgan, sport o‘rindiqlari va agressivroq dizayn ham qo‘shilgan. Mashina Nürburgring trekida SUV’lar orasida yangi rekord o‘rnatgan. Narxi esa 389 900 yuandan boshlanadi, bu 54 000 dollar atrofida degani 🛞Kun.uz | Avto
Ippubblikat 20 ġurnata ilu
⚡️ Mercedes elektromobillari endi yanada kam tok yeydi Mercedes-Benz yangi EV modellari uchun Bosch motorlarini ishlata boshlaydi. Bu motorlarning samaradorligi 98% gacha chiqadi. Ya’ni batareyadan olingan energiyaning deyarli barchasi mashinani harakatlantirishga sarflanadi. ♻️ Odatda motor ishlaganda energiyaning bir qismi issiqlik sifatida yo‘qoladi, lekin bu texnologiyada yo‘qotish juda kam bo‘ladi. Bosch bunga motorni moy bilan sovitish orqali erishgan. Natijada u kamroq qiziydi, kuchliroq ishlaydi va batareyani ham tejaydi Kompaniya hozir har daqiqada 7 ta elektromotor ishlab chiqaryapti. 🛞Kun.uz | Avto
Ippubblikat 21 ġurnata ilu
⚡️Mercedes o‘z tarixidagi eng kuchli avtomobil — AMG GT 4-Door elektr supersedanini ko’rsatdi. Eng top versiyasi 1169 ot kuchiga ega bo‘lib, 100 km/soat tezlikka atigi 2,4 soniyada erishadi. Bir marta quvvatlanib, 700 kmgacha masofa bosa oladi va 11 daqiqada 80 foizgacha quvvatlanadi. V8 dvigatelining guvillagan ovozini yoqtiruvchilar uchun maxsus imitatsiya ham mavjud. Sotuvlar shu yildan, narxi esa 150 000 dollardan boshlanishi kutilmoqda. 🛞Kun.uz | Avto
Ippubblikat 21 ġurnata ilu
🚘BMW g‘alati ko‘rinishdagi yangi Vision Alpina’ni ko‘rsatdi Mashinaning old qismi hatto akula burniga o‘xshaydi. Bu BMW sotib olgan mashhur Alpina brendining ilk modeli hisoblanadi. 🐎 5.2 metrlik grand-turer 600 ot kuchli V8 motor, shisha tom va premium charm salon olgan. Seriyali versiyasi 2027-yilda chiqadi, narxi esa 200 000 dollardan boshlanishi kutilmoqda. 🛞Kun.uz | Avto
Ippubblikat 22 ġurnata ilu
🔥Brabus kompaniyasi Aston Martin Vanquish bazasida yaratilgan 1000 ot kuchiga ega Bodo giperkarini namoyish etdi. Avtomobil maxsus karbon kuzov, qora charmli salon va panoramali tom bilan jihozlangan, kapoti ostida esa 100 km/soat tezlikka 3 soniyada chiqadigan 5,2 litrli V12 dvigateli o‘rnatilgan. Brabus tashkil etilgan 1977-yil sharafiga jami 77 dona nusxada ishlab chiqariladi. Narxi 1 million yevrodan boshlanadi. 🛞Kun.uz | Avto
Ippubblikat 23 ġurnata ilu
🏍BMW Cyberpunk uslubidagi monster mototsikl ko‘rsatdi. Uning nomi Motorrad Vision K18 Mototsikl 1800 kubli ulkan 6 silindrli motorga ega. Dizayni esa huddi Cyberpunk 2077 ichidan chiqqandek ko‘rinadi. Unda 6 ta havo kirish qismi, 6 ta chiqaruv trubasi va 6 ta LED fara bor. Korpusi esa 2 metrdan uzun. Dizayn qilishda ular hatto Concorde supersonik samolyotidan ilhom olishgan. Bayk maksimal agressiv uslubda qilingan 🛞Kun.uz | Avto
Ippubblikat 23 ġurnata ilu
🚕 Waymo’ning haydovchisiz taksilari AQSHdagi Atlanta hududlaridan birida g‘alati harakat qila boshladi Mahalliy aholi aytishicha, robotaksilar ayniqsa ertalab bir ko‘chaga ommaviy kelib, yo‘lovchisiz aylanib yuradi. Ba’zan bir soatda 50 tagacha mashina paydo bo‘lar ekan. Hozircha bunday xatolik nimadan chiqayotgani noma’lum. Oldin ham Waymo’dagi ayrim robotaksilar svetoforning qizil chirog‘ida o‘tib ketayotgani haqida xabarlar chiqqan edi. 🛞Kun.uz | Avto
Ippubblikat 26 ġurnata ilu
⚡️BYD tank va sportkarga o‘xshagan SUV chiqardi Fang Cheng Bao 8 nomli yangi yo‘ltanlamas internetda katta shov-shuvga aylanmoqda. Avtomobil uchta g‘ildirakda ham harakatlana oladi, murakkab off-road yo‘llardan o‘tadi va hatto suvda suza olishi aytilmoqda.…