Kontenut tal-post
Arxeologlar tomonidan "tarixning nol nuqtasi" deb ta’riflangan Go‘beklitepa eng qadimgi inshootlardan biri hisoblangan Misr ehromlaridan 7500 yil avvalroq barpo etilgan. 1986-yilda Shonliurfada qo‘ylarini o‘tlatib yurgan cho‘pon topib olgan 2 ta tosh muzeyga olib borilgan. Biroq muzey xodimlari bu toshlarni oddiy deb o‘ylab, e’tibor bermagan. Toshlar esa cho‘pon tomonidan muzey bog‘iga qoldirilgan. Oradan 6 yil o‘tgach, muzeyga tashrif buyurgan nemis arxeologi bog‘da turgan toshlardan juda ta’sirlanib, o‘sha joyda qazish ishlarini o‘tkazishni so‘ragan. Arxeologning bu iltimosi davlat idoralari tomonidan ham inobatga olinib, olib borilgan qazish ishlari natijasida dunyodagi eng qadimgi ibodatxona aniqlangan. #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy