TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← ODDIY HAYOT
ODDIY HAYOT avatar

TGINSIGHT POST

Post #112

@m_oddiy

ODDIY HAYOT

Viżjonijiet6,400Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatSet 1717/09/2025 09:19
Kontenut

Kontenut tal-post

Bolaligidan otasiga butunlay qarama-qarshi xarakterda bo'lgan Kafka, uyatchang va odamovi edi. U aka-ukalarining vafotidan keyin oiladagi eng katta farzandga aylanadi va shu sababli otasi tomonidan katta mas'uliyatlar yuklatilib, ulg'aydi. Bunday mas'uliyat Kafkani vaqt o'tgan sayin eza boshladi va otasi bilan orasining sovushiga olib keldi. Kafkaning otasi bilan orasi shunchalik yomon ediki, uning otasiga yozgan maktublarining nomi ham "Otamga xat" edi. U maktubida otasi bilan bo'lgan va hech ham esidan chiqmaydigan voqea haqida yozadi: "Bolaligimdan faqat bir xotira esimda qolib ketgan. Buni siz ham eslarsiz. Bir kuni kechasi suv ichmoqchi bo'lib turgandim. Balki chindan chanqagandirman, balki jahlingizni chiqarish uchun ozroq sho'xlik qilgandirman. Bir necha tahdidlar foyda bermaganidan so'ng meni yotog'imdan olib, meni hovlining tashqarisiga olib chiqqan va pijamalarim bilan birga o'sha yerda qoldirib, kirib ketgandingiz... Yillar o'tsada ruhimga azob beradigan bu voqeani aslo unutolmadim." #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy