TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← ODDIY HAYOT
ODDIY HAYOT avatar

TGINSIGHT POST

Post #155

@m_oddiy

ODDIY HAYOT

Viżjonijiet2,360Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatNov 2424/11/2025 12:21
Kontenut

Kontenut tal-post

Endigina 12 yoshida onasini yo‘qotgan Artemisia rasmga juda qiziqqan va o‘zini tasviriy san’at sohasida rivojlantirishni istagan. Shu sababli u otasining yaqin do‘sti bo‘lgan rassomdan dars ola boshladi. Biroq Artemisia otasining do‘stidan rasm chizish bo‘yicha dars olayotganda, bir necha marta tajovuzga uchradi. U rasm chizish darslarini olgan o‘qituvchisi ustidan turli sudlarga shikoyat qildi. Bu shikoyatlar hech qachon jazoga olib kelmadi. Chunki Artemisiani zo‘rlagan o‘qituvchi Papaning yaqin do‘sti edi. Tasviriy san’at sohasida o‘zini rivojlantirishni istagan Artemisia ayol bo‘lgani uchun ko‘p qiyinchiliklarga duch kelgan bo‘lsa-da, hech qachon taslim bo‘lmadi. Ammo boshidan kechirgan bu ayanchli vaziyat unga ruhiy jihatdan juda kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Shuning uchun u ko‘pincha kuchli va o‘ziga ishongan ayollarni o‘z rasmlarida tasvirladi. #maromiylik#yangiruhiyat @m_oddiy